Study

Ma‘muriy javobgarlik

  •   0%
  •  0     0     0

  • Maxsus huquqdan mahrum qilish muddati qancha muddatdan kam bo’lmasligi kerak?
    15 kundan kam bo’lmasligi kerak.
  • Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish qanday jazo turi?
    Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish huquqbuzarni ijtimoiy foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy ravishda jalb etishdan iborat
  • Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish muddatlarini aytib bering?
    8 soatdan 240 soatgacha
  • Fuqaro va xizmatchilarga solinadigan jarimaning eng ko’p miqdori qanchadan oshmasligi kerak?
    bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak.
  • Maxsus huquqdan mahrum qilish qanday jazo turi hisoblanadi?
    Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi hisoblanadi.
  • Huquqbuzarlar haq toʻlanadigan jamoat ishlarini oʻtashi mumkin boʻlgan joylar (obyektlar) va haq toʻlanadigan jamoat ishlarining turlari kim tomonidan nazorat qilinib, belgilanadi?
    ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmalari tomonidan.
  • Maxsus huquqdan mahrum qilish kim tomonidan va qancha muddatgacha qo’llaniladi?
    jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan uch yilgacha muddatga qoʻllaniladi.
  • Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori qanchadan kam bo’lmasligi kerak?
    bazaviy hisoblash miqdorining ellikdan bir qismidan kam bo’lmasligi kerak.
  • Musodara qilish qaysi organ tomonidan qo’llaniladi?
    jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan qoʻllaniladi
  • Jarima tushunchasiga ta’rif bering? (25-modda)
    Jarima maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir.
  • Ba’zi huquqbuzarliklar uchun qanchagacha miqdorda jarima solinishi mumkin?
    bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
  • 2) Ma’muriy jazo deganda nima tushuniladi?
    huquqbuzarga nisbatan tegishli vakolatli davlat organi tomonidan qo‘llaniladigan moddiy,ruhiy yoki jismoniy ta’sir etish xususiyatiga ega bo‘lgan majburiy chora
  • Fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiluvchi nechta huquqbuzarlik MJTK da keltirilgan?
    29ta
  • Mansabdor shaxslarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori qanchadan kam bo’lmasligi kerak?
    bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan kam boʻlmasligi kerak.
  • Mansabdor shaxslarga solinadigan jarimaning eng ko’p miqdori qanchadan oshmasligi kerak?
    bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oshmasligi kerak.