Huquqbuzarlar haq toʻlanadigan jamoat ishlarini oʻtashi mumkin boʻlgan joylar (obyektlar) va haq toʻlanadigan jamoat ishlarining turlari kim tomonidan nazorat qilinib, belgilanadi?
ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmalari tomonidan.
15
Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish muddatlarini aytib bering?
8 soatdan 240 soatgacha
15
Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish qanday jazo turi?
Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish huquqbuzarni ijtimoiy foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy ravishda jalb etishdan iborat
15
Maxsus huquqdan mahrum qilish muddati qancha muddatdan kam bo’lmasligi kerak?
15 kundan kam bo’lmasligi kerak.
15
Maxsus huquqdan mahrum qilish kim tomonidan va qancha muddatgacha qo’llaniladi?
jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan uch yilgacha muddatga qoʻllaniladi.
15
Maxsus huquqdan mahrum qilish qanday jazo turi hisoblanadi?
Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi hisoblanadi.
15
Musodara qilish qaysi organ tomonidan qo’llaniladi?
jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan qoʻllaniladi
15
Ba’zi huquqbuzarliklar uchun qanchagacha miqdorda jarima solinishi mumkin?
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
15
Mansabdor shaxslarga solinadigan jarimaning eng ko’p miqdori qanchadan oshmasligi kerak?
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oshmasligi kerak.
15
Fuqaro va xizmatchilarga solinadigan jarimaning eng ko’p miqdori qanchadan oshmasligi kerak?
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak.
15
Mansabdor shaxslarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori qanchadan kam bo’lmasligi kerak?
bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan kam boʻlmasligi kerak.
15
Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori qanchadan kam bo’lmasligi kerak?
bazaviy hisoblash miqdorining ellikdan bir qismidan kam bo’lmasligi kerak.
15
Jarima tushunchasiga ta’rif bering? (25-modda)
Jarima maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir.
15
2) Ma’muriy jazo deganda nima tushuniladi?
huquqbuzarga nisbatan tegishli vakolatli davlat organi tomonidan qo‘llaniladigan moddiy,ruhiy yoki jismoniy ta’sir etish xususiyatiga ega bo‘lgan majburiy chora
15
Fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiluvchi nechta huquqbuzarlik MJTK da keltirilgan?