Study

Bobil podsholigi

  •   0%
  •  0     0     0

  • Xammurapi qonunlariga ko'ra, qulfbuzar o‘g‘ri qanday jazolangan?
    u o‘zganing mulkiga tajovuz qilgan joyida o‘ldirilgan va o‘sha yerning o‘zida ko‘mib yuborilgan
  • Kemalarda turli mahsulotlar bilan suzib kelgan savdogarlar bu shaharga to‘xtab o‘tishar edi. Bu qaysi shahar?
    Bobil
  • Quyosh yili davomiyligi shumerliklar tomonidan ... kun, oy yili esa ... kun etib belgilangan.
    365, 354
  • Kim tarixda qonunlar tuzuvchi hukmdor sifatida nom qoldirgan?
    Xammurapi
  • Kimning hukmronligi davrida Yangi Bobil podsholigi o‘z ravnaqining cho‘qqisiga erishadi?
    Navuxodonosor II
  • Xammurapi qonunlariga ko'ra, shifokor amalga oshirgan jarrohlik muolajasi natijasida bemor bevaqt vafot etsa, shifokor qanday jazolangan?
    shifokorning qo‘llari kesib tashlanishi shart bo‘lgan
  • Kim turarjoy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g‘isht ishlatish to‘g‘risida farmon beradi?
    Navuxodonosor II
  • Bu hukmdor Misrni Yangi Bobil podsholigiga qo‘shib oladi, Iyerusalim (Quddus)ni vayron qilib tashlaydi, Bobilni esa mustahkam qal’aga aylantiradi. Bu qaysi hukmdor?
    Navuxodonosor II
  • Qachon Yangi Bobil podsholigi vujudga kelgan?
    Miloddan avvalgi VII asrda
  • Bobilning bosh ko‘chasi g‘alaba ma’budasi ... darvozasidan boshlangan.
    Ishtar
  • Rasmda kim tasvirlangan?
    Navuxodonosor II
  • Eng qadimgi rasadxonalar baland, ko‘p zinali ibodatxonalar – ... yuqorisidagi maydonchada barpo etilgan.
    zikkuratlar
  • Jahondagi qadimiy yozuvlardan biri bo‘lmish ... dastlab “suv”, “quyosh” va boshqa alohida so‘zlarni anglatgan rasmlardan iborat bo‘lgan.
    Shumer mixxa­ti
  • Qachon Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi?
    Mil. avv. II mingyillikda
  • Qadimgi forslar lashkari qachon Bobilga bostirib kiradi?
    mil. avv. 539-yilda
  • Qayerda turli-tuman dori-darmonlarni tayyorlash bo‘yicha dasturulamal tuzilgan?
    Mesopotamiyada
  • Olam yaratilishi haqidagi eng qadimiy asotirlardan biri ... paydo bo‘lgan.
    Mesopotamiyada
  • Xammurapi qonunlariga ko'ra, binokor qurgan uy to‘satdan qulab, biror kishini bosib qolsa, binokor qanday jazolangan?
    binokor qatl etilishi lozim bo‘lgan
  • Xammurapi qonunlariga ko'ra, yong‘in mahalida o‘g‘rilik ustida qo‘lga tushgan kimsa qanday jazolangan?
    o‘sha zahoti olovga tashlangan
  • “Bobil” so‘zining ma'nosi?
    “xudolar darvozasi”
  • Mil. avv. XVIII asrda Bobil podshosi ... butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo‘ladi.
    Xammurapi