Qachon Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi?
Mil. avv. II mingyillikda
15
Kemalarda turli mahsulotlar bilan suzib kelgan savdogarlar bu shaharga to‘xtab o‘tishar edi. Bu qaysi shahar?
Bobil
10
“Bobil” so‘zining ma'nosi?
“xudolar darvozasi”
15
Bobilning bosh ko‘chasi g‘alaba ma’budasi ... darvozasidan boshlangan.
Ishtar
15
Mil. avv. XVIII asrda Bobil podshosi ... butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo‘ladi.
Xammurapi
15
Kim tarixda qonunlar tuzuvchi hukmdor sifatida nom qoldirgan?
Xammurapi
15
Xammurapi qonunlariga ko'ra, shifokor amalga oshirgan jarrohlik muolajasi natijasida bemor bevaqt vafot etsa, shifokor qanday jazolangan?
shifokorning qo‘llari kesib tashlanishi shart bo‘lgan
10
Xammurapi qonunlariga ko'ra, binokor qurgan uy to‘satdan qulab, biror kishini bosib qolsa, binokor qanday jazolangan?
binokor qatl etilishi lozim bo‘lgan
10
Xammurapi qonunlariga ko'ra, yong‘in mahalida o‘g‘rilik ustida qo‘lga tushgan kimsa qanday jazolangan?
o‘sha zahoti olovga tashlangan
10
Xammurapi qonunlariga ko'ra, qulfbuzar o‘g‘ri qanday jazolangan?
u o‘zganing mulkiga tajovuz qilgan joyida o‘ldirilgan va o‘sha yerning o‘zida ko‘mib yuborilgan
10
Qachon Yangi Bobil podsholigi vujudga kelgan?
Miloddan avvalgi VII asrda
15
Kimning hukmronligi davrida Yangi Bobil podsholigi o‘z ravnaqining cho‘qqisiga erishadi?
Navuxodonosor II
15
Bu hukmdor Misrni Yangi Bobil podsholigiga qo‘shib oladi, Iyerusalim (Quddus)ni vayron qilib tashlaydi, Bobilni esa mustahkam qal’aga aylantiradi. Bu qaysi hukmdor?
Navuxodonosor II
15
Kim turarjoy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g‘isht ishlatish to‘g‘risida farmon beradi?
Navuxodonosor II
15
Qadimgi forslar lashkari qachon Bobilga bostirib kiradi?
mil. avv. 539-yilda
15
Jahondagi qadimiy yozuvlardan biri bo‘lmish ... dastlab “suv”, “quyosh” va boshqa alohida so‘zlarni anglatgan rasmlardan iborat bo‘lgan.