Xristian cherkovi dushmanlarini izlab topish va jazolash bilan shugʻullangan inkvizitsiya qaysi Rim papasi davrida oʻz qudratining choʻqqisiga erishgan?
Grigoriy IX
“Autodafe” atamasining lugʻaviy ma’nosi?
portugalcha "e;tiqod ishi" yoki "din ishi"
“Inkvizitsiya” soʻzining lugʻaviy ma’nosi?
lotincha "qidiruv"
Cherkov tomonidan mamlakatda ibodat va marosimlarning vaqtinchalik taqiqlanishi nima deb atalgan?
interdikt
Xristian dini german qabilalari orasida nechanchi asrdan boshlab tarqala boshlagan?
IV asrdan
Xristian cherkovi tomonidan aholidan undirilgan soliq turi qanday atalgan?
ushr
Katolik cherkovining barcha ruhoniylarga uylanishni taqiqlashi qanday ataladi?
selebat
Katolik cherkovining boyish manbalaridan hisoblangan gunohlardan kechish yorliqlari qanday atalgan?
indulgensiya
Yevropada monastirlar nechanchi asrda tashkil etilgan?
IV asr
“Oy oʻz yogʻdusini Quyoshdan olganidek, qirol hokimiyati ham oʻz jilosini papalikdan oladi” soʻzlari kimga tegishli?
Innokentiy III
Yeretiklarga qarshi kurashish uchun tuzilgan cherkov sudi qanday atalgan?
inkvizitsiya
Katolik cherkovi inkvizitsiyasi qaysi mamlakatda, ayniqsa, keng tus oladi?
Ispaniya
Innokentiy III qaysi yillarda katolik cherkoviga rahnamolik qilgan?
1198-1216-yy.
Oʻrta asrlarda cherkov va uning ta’limotiga qarshi kishilar qanday atalgan?
yeretiklar
Qaysi papa davrida katolik cherkovi oʻz hukmronligining choʻqqisiga erishgan?
Innokentiy III
Rim papasi Grigoriy IX qaysi yillarda katolik cherkoviga rahnamolik qilgan?
1227-1241-yy.
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.