Aristotelning "Metafizika" kitobini 40 bor o'qib ham tushunmagan alloma kim edi?
Abu Ali Ibn Sino
Forobiy nechta tilni bilgan?
70 dan ortiq
«Fozil odamlar shahri» risolasi muallifi?
Abu Nasr Forobiy
«Aristotel ”Metafizika” kitobining maqsadi to‘g‘risida» risolasi muallifi?
Abu Nasr Forobiy
”Metafizika” asari muallifi?
Aristotel
Forobiy o‘rta asrlarda ma’lum bo‘lgan tabiiy va ijtimoiy sohalarda qancha asar yozgan?
160 dan ortiq
Abu Nasr Forobiy yashagan yillar?
(873–950)
Forobiy qayerda tug'ilgan?
Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Forob (O‘tror) shahrida tug‘ilgan
Sharq mamlakatlarida «Al-muallim as-Soniy» – «Ikkinchi muallim» (Aristoteldan keyin), «Sharq Arastusi» degan unvonlarga sazovor bo‘lgan alloma?
Abu Nasr Forobiy
Forobiy qaysi asarida musiqa nazariyasi va tarixi, turli musiqa asboblari, kuylar va ularning ichki tuzilishi, tovushlar, ritmlar, ohanglar haqida ma’lumot berdi?
«Musiqa haqida katta kitob»
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.