XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiyaga doir ma’ruzalarini Farg‘oniy asarlari asosida o‘qigan olim?
Regiomontan
Ahmad Farg'oniyning qaysi asari o'rta asr musulmon Sharqi mamlakatlarida, so'ng Ispaniya orqali Yevropa mamlakatlarida astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi?
«Astronomiya asoslari haqidagi kitob»
«Oyning Yer ostida va ustida bo‘lish vaqtlarini aniqlash haqida risola» asari muallifi?
Al-Farg‘oniy
Kim 1647-yili nashr qilingan «Selenografiya» kitobida oydagi kraterlardan birini buyuk vatandoshimiz Ahmad Farg‘oniy nomi bilan ataydi?
Yan Geveliy
Allomaning qaysi asari XII asrda ikki marta lotin tiliga tarjima qilingan?
«Astronomiya asoslari haqidagi kitob»
Qachon Misr poytaxti Qohirada allomaga haykal o‘rnatildi?
2007-yilda
Farg‘oniy nomi ... (XIV asr) va ... (XVIII asr) tomonidan tilga olinadi.
Dante, Shiller
Farg‘oniyning «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum» deb atalgan asari qanday nom bilan mashhur?
«Astronomiya asoslari haqidagi kitob»
Ahmad Farg‘oniy yashagan yillar?
(797-865-yillar)
Qachon Ahmad Farg‘oniyning 1200 yillik tavallud sanasi katta tantanalar bilan nishonlandi?
1998-yilda
Al-Farg‘oniyning nomi qanday nom bilan dunyoga tanildi?
«Alfraganus»
Kim avval Bag‘doddagi rasadxonada ish olib bordi, so‘ngra Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha «Zij» yaratish ishlariga rahbarlik qildi?
Ahmad Farg‘oniy
Ahmad Farg‘oniy qayerda tug‘ilgan?
Farg‘ona vodiysining Qubo (Quva) qishlog‘ida
«Miqyosi Nil» inshooti qayerda qurilgan?
Qohirada, Roud orolida
Al-Farg‘oniy qachon Qohira yaqinidagi Ravzo orolida «nilometr», ya’ni suv sathini belgilovchi uskuna yasagan?
861-yilda
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.