Geografiya fanini yuksaltirishga ulkan hissa qo‘shgan sayyohlar?
Al-Ma’sudiy, ibn Dast, ibn Fadlan va ibn Batuta
“Yulduzlar jadvali“ asarini kim yozgan?
Ptolemey
Butun dunyoga mashhur arab adabiyotining ajoyib durdonasi qaysi?
“Ming bir kecha”
X asrda Qohirada tashkil etilgan ilm dargohi?
“Al-Azhar”
X asrga kelib musulmon adabiyoti qaysi tilga tarjima qilingan va shu tilda yozila boshlangan?
fors tili
Qaysi allomani Yevropada Avitsenna deb atashgan?
Abu Ali ibn Sino (980–1037)
Algebraga asos solgan; hind raqamlari asosida hozirgi arab raqamlarini soddalashtirgan, kengaytirgan va birinchi marta arab tilida bayon etib, uning keng tarqalishiga hissa qo‘shgan alloma?
Muhammad al-Xorazmiy (783–850)
Al-Hamro saroyi qayerda joylashgan?
Ispaniyaning Granada shahrida
Bag‘doddagi rasadxonada ish olib borgan, so‘ngra Maʼmun topshirig‘iga binoan, Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qilgan alloma?
Ahmad al-Farg‘oniy (797–865)
X asrda ... xalifasi kutubxonasida 400 ming qo‘lyozma saqlangan.
Qurdoba
IX asrda Bag‘dodda tashkil etilgan ilm dargohi?
“Bayt ul-hikma”
“Bayt ul-hikma” qoshidagi kutubxonada qancha kitob saqlangan?
400 ming jild
Fesda (Marokash) tashkil etilgan ilm dargohi?
“Qaroviyun”
Masjid va madrasalardagi ikki minora nimaning ramzi?
Allohga e’tiqodda ko‘tarilgan inson qo‘llari ramzi
Ismoil Somoniy maqbarasi qaysi shaharda joylashgan?
Buxoroda
VIII asrda Tunisda tashkil etilgan ilm dargohi?
“Zaytuna”
Musulmon adabiyoti dastlab qaysi tilda yaratiladi?
arab tilida
Abu Ali ibn Sinoning shoh asari?
“Al-qonun fit-tib”
Rasm haqida ma'lumot bering.
Al-Farg‘oniy tomonidan Misrda qurilgan Nilometr
Rasmda qaysi saroy arxitekturasi tasvirlangan?
Al-Hamro saroyi arxitekturasi
Qaysi alloma Yerning dumaloqligini aniqlaydi, koinot markazi Yer emas, Quyosh ekanligi, Yer esa uning atrofida aylanishi haqidagi farazni ilgari suradi?
Abu Rayhon Beruniy (973–1048)
Sivilizatsiya cho‘qqisi xalifa ... va uning vorisi ...lar davrida mamlakat poytaxti Bag‘dodda “Bayt ul-hikma” – “Donishmandlik uyi”ning tashkil etilishi bo‘ldi.
Horun ar-Rashid, Ma’mun
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.