Study

Aql-zakovat bilan bunyod etilgan boy ma'naviyat

  •   0%
  •  0     0     0

  • Imom Buxoriy kimga nisbatan «Sen mendan bahra topganingdan ko‘ra, men sendan ko‘proq bahra topdim» deb aytadi??
    Imom Termiziyga
  • Muhaddislar kimlar?
    hadis to‘plovchilar
  • ...-yili musulmonlar tomonidan dunyodagi birinchi shifoxona tashkil qilindi.
    707
  • Qur’on tafsiriga bag‘ishlangan «Kashshof» asari muallifi?
    Zamaxshariy
  • Imom Buxoriy hadis ilmi olimlaridan biri ...ning huzurida bo‘lgan.
    Is’hoq Rohuvaih
  • Mufassirlar kimlar?
    Qur’onni tafsir qiluvchilar
  • «Al-Ilal fil-hadis» («Hadislardagi illatlar»), «at-Ta’rix» («Tarix») asarlari muallifi?
    Imom Termiziy
  • Termiziy Imom Buxoriy bilan qaysi shaharda uchrashgan va ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan?
    Nishopurda
  • «Jorulloh» – «Allohning qo‘shnisi», «Arab va g‘ayri arablar ustozi», «Xorazm faxri» nomlari bilan ulug‘langan alloma?
    Zamaxshariy
  • 1990-yili yurtimizda Termiziy tavalludining ... yilligi keng nishonlandi.
    1200
  • Imom Buxoriyning sahih to‘plamiga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga ... ta bo‘lib, takrorlanmaydigan holda esa ... hadisdan iborat bo‘lgan.
    7275, 4000
  • Bug‘ qishlog‘i (hozirgi Sherobod tumani)da tavallud topgan buyuk o‘zbek muhaddisi kim edi?
    Imom Termiziy
  • Buyuk bobomiz Alisher Navoiy “Sab’ai sayyor” dostonining ustozi Abdurahmon Jomiy ta’rifiga bag‘ishlangan bobida qaysi allomani eslab o'tadi?
    Zamaxshariy
  • “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay!” Jumla muallifi?
    Imom Buxoriy
  • «Hadis ilmining sultoni» degan sharafli unvonga sazovor bo‘lgan alloma?
    Imom Buxoriy
  • Qaysi asar Qur’oni karimdan keyingi o‘rinda turadigan ikkinchi muhim manba sifatida islom olamida yuqori bahoga sazovor bo‘lib kelmoqda?
    «al-Jome as-sahih» (Sahih, ishonchli to‘plam)
  • Zamaxshariyning arab tili grammatikasiga oid asari?
    «Al-Mufassal»
  • «Al-Jome as-sahih» necha yil mobaynida yozib tugatildi?
    16 yil mobaynida