Study

18 JIK

  •   0%
  •  0     0     0

  • umumiy tartibli koloniyalarda mahkumlar qachon 12 marta qisqa muddatli uchrashuv olish huquqiga ega bo'ladi?
    uzoq muddatli uchrashuvni imkoni bo'lmaganda va o'rniga 2 marta qisqa muddatli uchrashuv berilganda
  • Turmada saqlanayotgan mahkumlarga rag'batlantirish tarzida qanday chora qo'llanilishi mumkin?
    har kunlik sayr muddatini 1 soatga uzaytirish
  • Turmada jazoni o'tayotgan shaxs qachon muddatidan oldin yengillashtirilgan sharoitga o'tkazilishi mumkin?
    sog'lig'i yuzasidan tibbiy xulosa bo'lganda
  • Mahkumni turmada bir kishilik kamerada saqlashga kimning qarori bilan yo'l qo'yiladi?
    muassasa boshlig'ining
  • Mahkum qachon va qaysi koloniyadan turmaga o'tkazilishi mumkin?
    umumiy va qattiq tartibli koloniyalarda jazo o'tash tartibini ashaddiy buzganda
  • Mahkum maxsus tartibli koloniyadan qattiq tartibli koloniyaga qachon o'tkaziladi?
    rag'batlantirish olganda
  • O'ta og'ir jinoyati uchun ikkinchi marta sudlangan mahkumlar qachon manzil-koloniyaga o'tkaziladi?
    o'tkazilmaydi
  • Mahkumlarni xatlari va boshqa jo'natmalari qachon senzuradan o'tkazilmaydi?
    jazoni manzil koloniyada o'tayotganda
  • Mahkumlarga qaysi rag'abtlantirish chorasi og'zaki e'lon qilinishi mumkin?
    tashakkur tariqasidagi rag'batlantirish
  • III guruh nogironi bo'lgan shaxslar turmada qanday sharoitda saqlanadilar?
    turmaning odatdagidek sharoitida
  • Kameralarda saqlanayotgan mahkumlarga quyidagilardan qaysilari taqiqlanmaydi: radioeshittirishlar eshitish; kinofilm ko'rish; teleko'rsatuvlar ko'rish
    radioeshittirishlar eshitish
  • Voyaga yetmagan mahkumlar qachon cheklanmagan uchrashuvlarga ruxsat olish huquqiga ega bo'ladi?
    ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashganda
  • Ajnabiy fuqarolar jazoni o'tash mobaynida qanday huquq(lar)ga ega?
    o'z davlatlarining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan aloqada bo'lish
  • Mahkumlarga oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida o'qish qachon ruxsat etiladi?
    o'quv yurti JIEM bilan bitta tuman (shahar)da joylashgan bo'lsa
  • Manzil-koloniyalarda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan qaysi turdagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilmaydi?
    yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazish
  • Maxsus tartibli koloniyalarda qanday darajadagi ayollar saqlanadi?
    umrbod ozodlikdan mahrum qilingan
  • Umumiy tartibli koloniyalarga qaysi koloniyalardan mahkumlar o'tkazilishi mumkin?
    manzil koloniya, tarbiya koloniya, turma
  • O'ta og'ir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etilgan ayollar jazoni qaysi koloniyada o'taydilar?
    umumiy tartibli koloniyada