XX asrning 60– 80-yillarida Osiyoning bir qator mamlakatlari: Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur, Gonkong kabi davlatlar qanday umumiy nom bilan tilga olina boshlandi?
Texnologik yangiliklarni samarali qo‘llash maqsadida tashkil qilingan erkin iqtisodiy hudud qanday nom bilan ataladi? Bu yerda faoliyatining asosini ilmiy tadqiqotlar tashkil qiladi.
Texnopolis
Biron turdagi ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan texnik, tijorat va boshqa bilimlar majmuyi qanday nom bilan ataladi?
Nou-Xau
«EKSPO–70» ko‘rgazmasi qaysi shaharda bo'lib o'tgan?
Tokio
Yapon yozuvchisi Yasusi Inoue tomonidan yozilgan qaysi asarda Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlari tilga olingan?
«G‘arb o‘lkasi haqidagi xotiralar»
Ikkinchi jahon urushida Yaponiya mag‘lubiyatga uchradi va urushda qancha yaponiyaliklar halok bo‘ldi?
6,5 mln
Yaponiyada demokratik jarayonlarni boshlagan amerikaliklar ikkita maqsadni ko'zlashgan, shulardan birinchisi - ....
Yaponiyaning demokratik davlatga aylanishi va hech qachon boshqalarga xavf solmasligini
Qaysi yildan Yaponiyada kadrlar tayyorlashning amerikacha standartlari joriy qilindi?
1950-yildan
II jahon urushidan so'ng, Yaponiyada hokimiyat kim boshchiligidagi AQSH okkupa tsion qo‘shinlari shtabiga o‘tdi?
Duglas Makartur
II jahon urushidan so'ng Yaponiya qaysi davlat tomonidan tomonidan okkupatsiya qilingan edi?
AQSH
Qaysi atama hujjatlar almashinuvi, ishchilarni o‘qitish, mutaxassislar ishtiroki ko‘zda tutilgan xalqaro kelishuv va shartnomalarda qo‘llaniladi?
Nou-Xau
Osiyoning qaysi davlatlari Yaponiya modeli asosida kapitalistik taraqqiyot yo‘li dan rivojlanayotgan va bunda yuqori natijalarga erishayotgan ikkinchi to‘lqin davlatlari hisoblanadi? (4 ta)
Tailand, Malayziya, Indoneziya, Filippin
Yaponiya iqtisodini boshqarish davlat tizimi yaratilishi qaysi yillarga kelib Yaponiya to‘liq iqtisodiy tiklanishiga olib keldi?
1950 – 1960-yillarda
Iqtisodiyotning biron-bir sohasiga uzoq muddatli kapital kiritish qanday nom bilan ataladi?
Investitsiya
XX asrning qaysi yillariga kelib Janubiy Koreya iqtisodiy rivojlangan industrial davlat sifatida shakllandi?
1990-yillar
Yuqori tashkilotning unga bo‘ysunuvchi tashkilotlarga beradigan ko‘rsatmasi, bajarilishi lozim bo‘lgan hujjat nima deb ataladi?
Direktiva
1960-yillarning oxiriga kelib Yaponiya yalpi ichki mahsulotning hajmi bo‘yicha dunyoda qaysi davlatdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi?
AQSHdan
1980-yillardan Yaponiyada nechta texnopolislar tashkil qilingan edi?
26 ta
«Yapon iqtisodiy mo‘jizasi» deb iqtisodning nihoyatda jadal – yiliga necha foizdan rivojlanish davriga aytiladi?
11 %
Qaysi yilgacha Yaponiya hukumati AQSh shtabi tomonidan nazorat qilindi?
1952-yilgacha
Yaponiyada mehnat munosabatlarini demokratlashtirish maqsadida qaysi yilda kasaba uyushmalari to‘g‘risida qonun qabul qilindi?
1946-yil
Amerikalik mashhur iqtisodchilardan qays biri o'z ma’ruzalari bilan chiqdi?
Edvards Deming
«Yapon iqtisodiy mo‘jizasi» qaysi yillarni o'z ichiga oladi?
1956 – 1970-yillarni
Yaponiyada demokratik jarayonlarni boshlagan amerikaliklar ikkita maqsadni ko'zlashgan, shulardan ikkinchisi - .....
yaponlarda o‘zining ming yillik jangchilik an’analariga ega bo‘lgan jangovarlik ruhini sindirish
Jamiyatda harbiylar qatlami va harbiy ruhning ustuvorligiga, harbiy kuchga tayanuvchi siyosiy tizim qanday nom bilan ataladi?. Bu tizimda davlat xarajatlarining katta qismi harbiy maqsadlarga yo‘naltiriladi.
Militarizm
Bitta avlodning ko‘z o‘ngida mamlakat qoloqlikdan taraqqiyotning yuqori darajasiga erishganligini qaysi davlat misolida yaqqol ko'rish mumkin?
Janubiy Koreya
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.