Study

Tezkor-qidiruv huquqi

  •   0%
  •  0     0     0

  • TQF organlariga ko'maklashayotgan shaxslar qanday mablag'lar hisobidan taqdirlanishlari mumkin?
    tezkor-qidiruv faoliyati uchun ajratilgan mablag'lar hisobidan
  • TQFni amalga oshiruvchi organ xodimlarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish maqsadida qancha muddatga(cha) foizsiz qarz berilishi mumkin?
    5 yilgacha
  • "Niqoblangan operatsiya" TQTga ta'rif bering?
    2 yoki undan ortiq TQTni TQFning vazifalarini hal etish maqsadida oshkora va nooshkora usullardan foydalangan holda o'tkazishni o'z ichiga oladigan tadbir
  • TQFni amalga oshirishda konspiratsiya prinsipi qanday amalga oshiriladi?
    TQT o'tkazish, tezkor-qidiruv xususiyatiga ega axborot olish, rasmiylashtirish, saqlash, foydalanish, hujjatlar bn ishlashning alohida tartibi belgilangan holda
  • Qaysi tezkor qidiruv faoliyati bojxona qonunchiligi asosida yoki xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi?
    nazorat ostida yetkazib berish - agar predmetlar bojxona chegarasi orqali olib o'tishga yo'l qo'yiladigan bo'lsa
  • TQFni amalga oshiruvchi organlar o'z vakolatlari doirasida qanday qarorlar qabul qilish uchun ma'lumotlar to'plashga haqli?
    TQFda ishtirok etishga ruxsat berish to'g'risida, maxfiylik asosida ko'maklashayotgan shaxslar bn hamkorlik, davlat siri yoki qonun bilan qo'riqlanadigan sirlar
  • TQFga oid muhofaza qilinadigan ma'lumotlar turlarini sanang
    kuchlar, vositalar, manbalar, usullar, shtatdagi xodimlar soni va ma'lumotlari, TQF taktikasi, TQF natijalari va rejalari, maxfiy ko'maklashayotgan shaxslar
  • Tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshirishda qanday harakat(lar) qonuniylikni buzish hisoblanadi
    TQFni amalga oshirishda qonunchilikka aniq rioya qilishdan hamda ularni ijro etishdan chekinish qonuniylikni buzish hisoblanadi
  • Tadbir 2 va undan ortiq organlarning kuch va vositalari bilan o'tkazilgan taqdirda TQF haqidagi ma'lumotlar kim qarori bilan oshkor qilinadi?
    tadbir qaysi organlar ishtirokida amalga oshirilgan bo'lsa, o'sha organlar rahbarlarini qarorlari bilan
  • Qaysi tezkor qidiruv tadbirlari prokuror bilan kleishgan holda amalga oshiriladi?
    tekshirish uchun xarid qilish, nazorat ostida olish va nazorat ostida yetkazib berish
  • Xodimlarga qachon oyligi (stipendiyasi)ning 150 baravari miqdorida pensiya tayinlanishi mumkin?
    agar xodim vatan himoyasi, el-yurt tinchligi yo'lida halok bo'lsa
  • TQFni amalga oshiruvchi organlar qanday shaxslarni maxfiylik asosida ko'maklashishga jalb qilishi cheklanadi?
    deputatlar, senatorlar, sudyalar, prokurorlar, advokatlar
  • TQFni amalga oshiruvchi organ xodimi ishtirokchilikning qaysi tur(lar)ida ishtirok etib, jinoyat sodir qilganda va istisno holat mavjud bo'lganda javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin?
    uyushgan jinoiy guruh yoki jinoiy uyushma
  • TQTni amalga oshirishda qanday harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi?
    shaxsiy hayotiga oid ma'lumotlarni oshkor etilishiga olib keladigan, uning hayoti, sog'lig'ini xavf ostiga qo'yadigan, sha'ni va qadr-qimmatini kamsitadigan
  • TQF organlariga ko'maklashayotgan shaxslar TQT o'tkazishda ishtirok etishi bilan bog'liq bo'lgan holda halok bo'lganda qanday ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatiladi?
    bir yo'la beriladigan nafaqa to'lanadi shu bilan birga boquvchisini yo'qotganlik uchun pensiya tayinlanadi
  • TQFni amalga oshiruvchi organlarning tezkor xizmatlari qanday turlar (bo'linmalar)ga bo'linadi?
    tezkor bo'linmalar, texnik xizmatlar, tezkor axborot bo'linmalari