Mil. avv. ...-yilda Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurish qildi.
530
Frada boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar bilan forslar qo‘shinlari o‘rtasidagi hal qiluvchi jang mil. avv. ...-yilda bo‘lib o‘tgan.
522
"Satrapiya" so'zining ma'nosi?
forscha “xshatra” – “viloyat”
Kir II O‘rta Osiyoda qaysi hududlarni istilo qiladi?
Parfiya, Marg‘iyona va Baqtriyani
Marg‘iyonada Frada boshchiligidagi qo'zg'olon bo'lganda Doro I Baqtriya satrapi bo'lgan kimni qo'zg'olonni bostirishga jo'natadi?
Dadarshish
Saklar rivoyatida hikoya qilinishicha, forslarning qoshiga sak qabilasidan bo‘lgan cho‘pon – ... keladi, u fors qo‘shinlarini o‘zidan boshqa hech kim bilmaydigan so‘qmoq orqali saklarning orqa tomoniga boshlab borishini aytadi.
Shiroq
Mashhur Marafon jangida (mil. avv. 490-yil) fors qo‘shinlari safining markazida bo‘lgan ...lar muvaffaqiyatli urishgan.
sak
Satrapiyalar hukmdorlari?
satrap
Doro I hukmronligining birinchi yili Marg‘iyonada fors istilochilariga qarshi yirik xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Qo‘zg‘olonga ... rahbarlik qiladi.
Frada
Bosib olingan mamlakatlarni itoatda tutib turish uchun ahamoniylar yagona davlatni alohida viloyat – ...larga bo‘lib tashladi.
satrapiya
Kserks qo'shinidagi saklar qanday qurollangan?
xanjar va jangovar boltalar bilan
Satraplarning ko‘pchiligi ... sulolasi vakillari bo‘lgan.
Ahamoniylar
O‘rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari nechta satrapiyaga bo‘lingan?
uchta
Amudaryoning qadimgi nomi?
Araks
Qaysi qabila suvoriylari Kserks qo‘shinidagi eng yaxshi jangchilardan hisoblangan?
Saklar va baqtriya suvoriylari
Kim fors shohi Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan o‘rtaosiyolik jangchilar qurol-yarog‘larini tasvirlagan?
Gerodot
Kserks qo'shinidagi baqtriyaliklar, xorazmiylar va sug‘diylar qanday qurollangan?
kamon va nayzalar bilan
“Bu jang... barcha janglardan ham dahshatlirog‘i edi”, deb “tarix otasi” Gerodot qaysi jang haqida ma'lumot beradi?
Kir II ning massagetlar malikasi To'maris bilan janggi haqida
Doro I ning saklar ustiga yurishi haqida qaysi yunon tarixchisi yozib qoldirgan?
Poliyen (mil. avv. II asr)
Kir II O'rta Osiyoga yurish qilganda massagetlar qabilalarining malikasi kim edi?
To‘maris
Rasmga izoh bering.
Doro I ning Suza saroyidagi kamonchilar tasviri
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.