Study

Ayirish

  •   0%
  •  0     0     0

  • Ayirish sistemasining asosiy vazifasi nima?
    Qonni tozalash va organizmning doimiyligini saqlash.
  • Barg to‘kilishiga nima sabab bo‘ladi?
    Barg bandining poyaga birikkan qismida po‘kak qatlami (ajratuvchi qatlam) hosil bo‘lishi bargning to‘kilishiga olib keladi.
  • Amyobada ortiqcha suvni nima haydaydi?
    Qisqaruvchi vakuola
  • O‘simliklar hayotiy jarayonida qanday moddalar hosil qiladi?
    Efir moylari, kauchuk, nektar, smola va fitonsidlar kabi moddalar hosil qiladi.
  • Fitonsidlar nima?
    O‘simliklar tomonidan ishlab chiqariladigan, bakteriyalarga qarshi kurashuvchi moddalar.
  • Baliqlarning buyragi qanaqa?
    Tasmachasimon (uzunchoq) buyraklar.
  • Bo‘shliqichlilarda (gidra) maxsus ayirish organi bormi?
    Yo‘q, ularda maxsus ayirish organi bo‘lmaydi.
  • Qushlarda nima uchun qovuq (siydik pufagi) yo‘q?
    Vazni yengil bo‘lishi va uchishga xalaqit bermasligi uchun.
  • Guttatsiya hodisasi qachon va qanday yuz beradi?
    Tuproqda namlik yuqori bo‘lib, havo nam bo‘lganda (asosan tunda), barg chetlaridan suv tomchi shaklida ajralib chiqishi.
  • Xazonrezgi nima?
    Kuz kelishi bilan kunlarning qisqarishi va harorat pasayishi natijasida o‘simlik barglarining to‘kilishi.
  • Amyoba va tufelkada ayirish qanday amalga oshadi?
    Qisqaruvchi vakuolalar orqali.
  • Nefron nima?
    Buyrakning ichidagi eng kichik "tozalovchi" qism.
  • Sutemizuvchilar buyragi nimaga o‘xshaydi?
    Loviya shakliga.
  • Ayirish nima?
    Organizmdagi ortiqcha suv va zaharli moddalarni tashqariga chiqarish.
  • Transpiratsiya nima?
    O‘simlik tanasidagi ortiqcha suvning barg og‘izchalari orqali bug‘lanishi.
  • Barg to‘kilishidan oldin uning bandida nima hosil bo‘ladi?
    Po‘kak qatlami
  • Baliqlarda ayirish sistemasi qanday qismlardan tashkil topgan?
    Tasmachasimon bir juft buyrak, siydik yo‘llari va siydik pufagi.