Bogemond I qo‘mondonligidagi salibchilar bilan Mosul amiri Kerboga qo‘shini o‘rtasida Antioxiya uchun jang qachon bo‘lib o‘tadi?
1097- yil 20-oktyabrda
Mayyalar davlatining poytaxti?
Chichen-Itsa
Qachon mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keladi?
milodiy I ming yillikda
Olimlarning fikricha, Amerika qit’asiga dastlabki odamlar Shimoliy Osiyodan hozirgi Bering bo‘g‘ozi orqali buyuk muzlik davrida, bundan ... ming yil avval o‘ta boshlagan va bu jarayon uzoq davom etgan.
40
Inklar davlatini kim boshqargan?
Oliy Inka
Amerika hindulari uy hayvonlaridan: shimolda ..., janubda tuyasimonlar oilasiga mansub ...ni boqishgan.
it, lama
Kechua tillarida so‘zlashuvchi inklar XII–XIII asrlarda Urubamba daryosi havzasida ... shahriga asos soladilar.
Kusko
Mayyalarda shahar-davlatlarni kim boshqargan?
“buyuk kishi” – hukmdor boshqargan
Ma’lumotning umumiy mazmunini rasm orqali yoki rasmlarning ketma-ketligi orqali eslab qolish maqsadida tasvirlash?
Piktografik yozuv (lotincha pictus – “rasmli” va yunoncha grapho – “yozaman”, ya’ni rasmli yozuv)
Matematikaga “nol”ni anglatuvchi belgi qaysi xalq tomonidan hindlardan avval kiritilgan?
mayyalar
Asteklarda yer taqchil bo‘lganidan, ko‘l tagidan suv o‘simliklari va unumdor loyni ko‘tarib, sollarda ... ham yaratganlar.
“suzuvchi dalalar”
Inklarning o‘ziga xos yozuvi bo‘lib, uning sirlari faqat ruhoniylarga ma’lum edi. Bu qanday yozuv?
“tugunli xat”(kipu)
San-Vitale bazilikasi kim tomonidan va qachon bunyod etilgan?
yepiskop Ekkleziy tomonidan 527–548-yillarda
Inklarda urush, hosilsizlik yillari yoki turli tabiiy ofatlar paytida barcha jabrlanganlarga davlat zaxirasidan nima tarqatilgan?
makka doni va quritilgan kartoshka
Asteklar katta ko‘l o‘rtasidagi orollarda XII asrda qaysi shaharga asos soladilar?
Tenochtitlan
Inklar davlatining poytaxti?
Kusko
"Bazilika" so'zining ma'nosi?
yun. basilike – "shohona bino"
Asteklarda hukmron qabila vakillaridan ... – lashkarboshi saylanib, u oliy hukmdor bo‘lishidan tashqari, bosh kohin vazifasini ham bajargan.
tlatoani
Dehqonchilik bilan shug‘ullangan qaysi hindu qabilalari o‘zlarining davlatlarini barpo qilganlar?
mayya, astek va kechualar
Qaysi xalq tabiblari insonning bosh suyagida jarrohlik muolajalarini amalga oshirishni bilganlar?
inklar
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.