Milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishni, turli tarmoqlar o'rtasidagi aloqadorlikni tafsiflaydigan o'zaro bog'liq ko'rsatgichlar tizimi nima?
Milliy hisoblar tizimi
Qanday holatda eksport salbiy bo'ladi?
Import eksportdan ortiq bo'lgan holatda
YaIMni hisoblashda nechta investitsiyalardan foydalaniladi?
3ta: yalpi, xususiy va ichki
YAIMni necha xil usul bilan hisoblash mumkin?
3 xil
Investitsion sarflar nima?
Tadbirkorlik sektorining asosiy va aylanma kapital tovarlarini sotib olishga qiladigan sarflar.
Yalpi ichki mahsulotni qanday usullar bilan hisoblash mumkin?
1.YaIM hisoblashga qoshilgan qiymatlar bo'yicha yondashuv.
Qachondan boshlab O'zbekistonda MHTdan foydalana boshladi?
1993-yil
Narx indeksi qanday topiladi?
Joriy yildagi iste'mol tovarlari narxini bazis yildagi iste'mol tovorlari narxiga bo'lish orqali
Pirovard mahsulot nima?
Ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va unumli iste'mol qilishga tayyor bo'lgan mahsulot.
Xufyona iqtisodiyot nima?
YaIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va unda foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.
Nominal YaIM nima?
Bir vaqtning o'zida narxlar va miqdordagi o'zgarishni aks ettiradi.
Davlat sarflari bu...
Mahsulotlar va iqtisodiy resurslarni, xususan ishchi kuchini sotib olishga davlatning qilgan barcha sarflarini oz ichiga oladi.
Soxta iqtisodiyot nima?
Hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot.
Milliy iqtisodiyot nima?
Barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro va makro darajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni ko'plab infratuzulmalarni oz ichiga olgan yaxlit iqtisodiyot
Makroiqtisodiyot tushunchasiga ta'rif bering.
Moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo'jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.
Milliy mahsulot nima?
Mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmi.
Sof ichki mahsulot (SIM) qanday topiladi?
YaIM-amortizatsiya yillik summasi.
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.