Study

Ahamoniylar davlati

  •   0%
  •  0     0     0

  • Doro I butun mamlakat uchun ... deb nomlangan yagona oltin tangani muomalaga kiritadi.
    “darik”
  • Elam davlatining poytaxti?
    Suza shahri
  • Qadimda Kaspiy dengizidan janubi-g‘arbda qaysi davlat joylashgan edi?
    Midiya
  • Mil. avv. VII asrda podsho ... hukmronligi davrida Midiya qudratli davlatga aylanadi.
    Kiaksar
  • Vaqt o‘tib Eronga qaysi qabilalar ko'chib keladi?
    midiyaliklar va forslar
  • Doro I Qora dengiz bo‘ylarida yashovchi qaysi qabila ustiga yurish qildi?
    skif­lar
  • Qaysi shaharda Doro I va Kserksning turli xonalar va yuz ustunli zali bo‘lgan saroyining qoldiqlari saqlanib qolgan?
    Persepol shahrida
  • Mil. avv. 558-yilda Ahamoniylar sulolasidan bo‘lmish podsho ... barcha forslarni o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi.
    Kir II
  • Kir II qaysi davlatlarni bosib oldi?
    Armaniston, Midiya, Bobil, Lidiya
  • Kim qo‘shinlarni qaytadan tuzdi, saltanatni satrapiyalar deb nomlangan alohida harbiy-ma’muriy o‘lkalarga bo‘lib chiqdi?
    Doro I
  • Kambiz II qayerni zabt etish orqali Fors davlati hududini nihoyatda kengaytirdi?
    Misrni
  • Makedoniyalik Aleksandr qachon Fors davlatini bosib oldi?
    mil. avv. 330-yilda
  • Midiya davlati Bobil bilan ittifoq bo‘lib, qaysi davlatni bosib oladi?
    Ossuriyani
  • Mil. avv. 522-yilda kim qadimgi Fors davlati taxtiga chiqdi?
    shoh Doro I
  • Eronning janubi-g‘arbiy qismida, Mesopotamiya bilan chegarada qaysi davlat vujudga keladi?
    Elam davlati
  • Hozirgi Eron hududida qadim zamonlarda qaysi qabilalar yashagan?
    kassiylar, elamiylar
  • Fors shohlarining bitiklari qaysi qoyalarda saqlanib qolgan?
    Behistun va Naqshi Rustam qoyalari
  • Ahamoniylar davlatidagi muhim savdo markazlari bo‘lgan shaharlar?
    Suza, Ekbatana
  • Rasmda kim tasvirlangan?
    Kir II
  • Doro I qaysi savdo yo‘lini qurdirgan?
    “shoh yo‘li”
  • Fors podsholigi qarorgohi?
    Persepol
  • Kir II ning istilochilik siyosatini uning qaysi vorislari davom ettirdi?
    Kambiz II va Doro I