Study

Mehnat huquqi.

  •   0%
  •  0     0     0

  • Intizomiy jazo amal qilish davrida xodimga mukofot beriladimi?
    Yo‘q, berilmaydi.
  • Intizom haqidagi ustavlar kimlarga tatbiq etiladi?
    Ayrim tarmoqlar va davlat organlari xodimlarining maxsus toifalariga.
  • Rag‘batlantirish choralari qayerda belgilanadi?
    Jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomasi, ichki tartib qoidalari va mehnat shartnomasida.
  • Tekshiruv muddati qachon uzaytirilishi mumkin?
    Obyektiv sabablarga ko‘ra tugatib bo‘lmasa.
  • Xodim komissiya a’zosini rad eta oladimi?
    Ha, asos bo‘lsa rad etish arizasi berishi mumkin.
  • Komissiya qanday huquqqa ega?
    Xodimdan yozma tushuntirish talab qilish huquqiga.
  • Intizomiy qilmish nima?
    Xodimning mehnat majburiyatlarini aybli ravishda bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi.
  • Komissiya tarkibiga kimlar kiritilmaydi?
    Qarindoshlar, manfaatdor shaxslar, murojaatchi va tekshirilayotgan xodim.
  • Xizmat tekshiruvini o‘tkazish muddati qancha?
    15 ish kunidan oshmasligi kerak.
  • Xodim xizmat tekshiruvida qanday huquqlarga ega?
    Tushuntirishlar berish, rad etish arizasi berish, materiallar bilan tanishish.
  • Komissiya qanday majburiyatga ega?
    Tekshiruv materiallarining maxfiyligini ta’minlashga.
  • Xizmat tekshiruvi komissiyasi kamida nechta a’zodan iborat bo‘ladi?
    Kamida 3 nafar.
  • Komissiya a’zosini rad etish arizasini kim ko‘rib chiqadi?
    Xizmat tekshiruvini tayinlagan mansabdor shaxs.
  • Intizomiy javobgarlik nechta turdan iborat?
    Ikki turdan — umumiy va maxsus.
  • Mehnat intizomi nima?
    Xodimlarning mehnat qonunchiligi va ichki tartib qoidalariga majburiy bo‘ysunishi.
  • Xodimning aybi bo‘lmasa, intizomiy javobgarlik qo‘llaniladimi?
    Yo‘q, aybi bo‘lmagan holatlarda intizomiy jazo qo‘llanilmaydi.
  • Xizmat tekshiruvini o‘tkazish haqida qaror qanday rasmiylashtiriladi?
    Buyruq bilan.
  • Xizmat tekshiruvi nima?
    Intizomiy qilmish faktini va aybni aniqlash uchun o‘tkaziladigan tekshiruv.
  • Ichki mehnat tartibi qoidalari kim tomonidan tasdiqlanadi?
    Ish beruvchi tomonidan, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda.
  • Mehnat tartibi ichki hujjatlaridagi qoidalar qachon haqiqiy emas deb topiladi?
    Xodimning holatini mehnat qonunchiligiga nisbatan yomonlashtirsa.
  • Xodim xizmat tekshiruvida ishtirok etishdan bo‘yin tovlay oladimi?
    Yo‘q, monelik qilishga haqli emas.