O‘zbekiston aholisi ikkinchi jahon urushi yillarida mudofaa jamg‘armasiga jami qancha miqdorda pul topshirdi?
649,9 mln rubl pul
Qaysi voqeadan keyin Ikkinchi jahon urushi boshlandi?
1939-yil 1-sentyabrda Germaniyaning Polshaga hujumi
SSSR tarkibidagi 15-ittifoqdosh Respublika qaysi yil va oyda tashkil etildi?
1940-yil iyul
1939-yil 30-noyabr – 1940-yil 12-martda qaysi davlatlar o'rtasida urush bo'ldi?
Sovet Ittifoqi va Finlyandiya
Mashhur o‘zbek raqqosasi Tamaraxonim mudofaa fondiga necha ming so‘m topshirdi?
50 ming
Ko`chirib keltirilgan korxonalardan 1941-yil oxirigacha nechtasi qaytadan ishga tushirildi?
50 ta
1939-yil 23-avgustda Moskvada SSSR va Germaniya o‘rtasidagi bitimning maxfiy qismiga ko`ra qaysi hududlarda Sovet Ittifoqining ta’sir doirasi kuchaytirildi? (3 ta hudud)
Polsha, Boltiqbo‘yi va Finlyandiyada
1939-yil 14-dekabrda qaysi tashkilot SSSRni agressiyachi mamlakat deb e’lon qildi?
Millatlar Ligasi
1940-yil iyulda qaysi respublikalar majburiy ravishda Sovet Ittifoqi tarkibiga kiritildi?
Latviya, Litva va Estoniya
Qaysi zavod front uchun qiruvchi samolyotlar ishlab chiqargan?
Toshkent aviatsiya zavodi
1939-yil 23-avgustda Moskvada SSSR va Germaniya o‘rtasida 10 yil muddatga hujum qilmaslik to‘g‘risidagi bitim qanday nom bilan mashhur?
Molotov-Ribbentrop pakti
Lotinchada – “bo‘shatmoq”, “holi qilmoq” ma`nosini anglatuvchi tarixiy atama?
Evakuatsiya
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalariga evakuatsiya qilingan korxonaning qanchasi O‘zbekistonga joylashtirildi?
100 dan ortig‘i
Qaysi tarixiy atama "bosqinchilikdan iborat bo‘lgan, tajovuzkorlikka asoslangan harakat" ni anglatgan?
agressiya
Ikkinchi jahon urushi davrida O'zbekiston SSRga rahbarlik qilgan shaxs kim edi ?
U. Yusupov
O‘zbekiston aholisidan ikkinchi jahon urushining dastlabki kunlarida mudofaa jamg‘armasiga qancha miqdorda pul, obligatsiya va qimmatbaho boyliklar tushdi?
30 mln rubl
1939-yil 23-avgustda kimning taklifi bilan Moskvada SSSR va Germaniya o‘rtasida 10 yil muddatga hujum qilmaslik to‘g‘risida bitim imzolandi?
I.V.Stalin
Qachon Sovet ittifoqida harbiy holat joriy etilganligi haqida farmon e’lon qilindi?
1941-yil 22-iyun
Toshkent aviatsiya zavodi qachon barpo etilgan?
1941-yil oktyabrda
O‘zbekiston aholisi ikkinchi jahon urushi yillarida mudofaa jamg‘armasiga jami qancha kg oltin va kumush pul topshirdi?
22 kg oltin va kumush
Toshkent aviatsiya zavodi qaysi shahardan ko‘chirib keltirilgan zavod asosida barpo etilgan?
Ximki shahridan
ikkinchi jahon urushining dastlabki kunlarida respublikaning shahar va tuman harbiy komissarliklariga ko‘ngillilardan qancha ariza tushgan?
14 mingdan ortiq
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.