Study

Shayboniylar davrida madaniy hayot

  •   0%
  •  0     0     0

  • ...-yil Samarqand yaqinidagi Konigilda o‘tkazilgan majlislarning birida urushlar va o‘zaro tortishuvlar natijasida qarovsiz qolgan mulk yerlaridan foydalanish haqida qaror qabul qilingan edi.
    1502
  • Abdullaxon II ga atab yozilgan mazkur asar Oʻrta Osiyo, Eron va Hindistondagi adabiy muhit haqida boy ma’lumotlar beruvchi muhim manba hisoblanadi. Bu qaysi asar?
    “Muzakkiri ahbob” (Do‘stlar yodnomasi)
  • “Muzakkiri ahbob” (Do‘stlar yodnomasi) asarini kim yozgan?
    Hasanxo‘ja Nisoriy
  • “Bahr ul-hido” dostoni hozir qayerda saqlanadi?
    Britaniya muzeyida
  • “Abdulazizxonning kutubxonasida kotiblar podshohi Amir Ali Husayniy, kitobdor (kitobxona boshlig‘i) mavlono Sulton Mirak Munshiylar faoliyat yuritgan” deb kim yozib qoldirgan?
    Hasanxoja Nisoriy
  • “Devon” va “Bahr ul-hido” (“Hidoyat dengizi”) nomli doston kimga tegishli?
    Muhammad Shayboniyxon
  • “Isitmani o‘rganishga doir”, “Qon tomiri va peshob” asarlari kimga tegishli?
    Muhammad Yusuf
  • “Dastur al-iloj”, “Muqaddimayi dastur al-iloj” risolalarini kim yozgan?
    tabib va olim Sulton Ali
  • Rasmda qaysi me'moriy obida tasvirlangan?
    Qosim Shayx maqbarasi. Navoiy shahri
  • Qaysi shayboniy hukmdorlar fan va madaniyatni rivojlantirishga alohida e’tibor berishgan?
    Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdullaxon II
  • “Muntaxabi Jome’ va tavorixi shoni” asari kimga bag'ishlangan?
    Ulug‘bekka bag‘ishlangan
  • "Abdullaxon II shoirning bilimi va topqirligidan mamnun bo‘lib, unga tahsin aytadi hamda uni movut chakmon va tilla tangalar bilan mukofotlaydi”. Ushbu jumla kimga tegishli?
    Tazkiranavis olim Mutribiy Samarqandiy
  • Buxoro yaqinidagi Sumiton qishlog‘ining poytaxt hududiga kiritilishi munosabati bilan shahar devorlari qayta qurilib, bu yerda Yangi darvoza – ... barpo etilgan.
    Darvozayi nav
  • Shayboniyxonning tug‘ilganidan boshlab, 1505-yillar orasida Qipchoq dashti, Movarounnahr hamda Xorazmda ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy voqealargacha hikoya qilinadigan asarni kim yozgan?
    Muhammad Solih
  • Riyozat, handasa, ilmi nujum qanday fanlar?
    matematika, geometriya, astronomiya
  • Abdullaxon II portreti qachon chizilgan?
    1570-yil
  • Shayboniyxon devoni hozir qayerda saqlanadi?
    Istanbulning To‘pqopi saroyi muzeyida
  • O‘rta Osiyodagi XVI asrga oid me’morchilik obidalarining asosiy qismi kimning davrida bunyod etilgan?
    Abdullaxon II
  • Shayboniylardan qaysi hukmdorlarning ayrim asarlari va g‘azallari bizgacha yetib kelgan?
    Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdullaxon II, Do‘st Muhammad Sulton (Navro‘z Ahmadxonning o‘g‘li)