Qadimgi va o‘rta asrlarda turkiylarda elchi, xabarchilarga nisbatan qanday atama ishlatilgan?
yalovoch
O‘tror hokimi Inolchiq kim eid?
Sultonning tog’asi
Qaysi shaharga Sulton Muhammad “Lashkari berun” deb atalgan 50 ming askar yuborgan?
O’trorga
Sulton Muhammad 1216-yili o‘z davlat arboblaridan kim boshchiligida Xitoyga elchilar jo‘natdi?
Sayyid Bahouddin Roziy
Sulton Muhammad Xorazmshoh qo‘shinining jangovar tartibi necha qismdan iborat edi?
to’rt qism
Qachon Onon daryosi bo‘yida chaqirilgan mo‘g‘ul urug‘ va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin “Chingizxon” – ulug‘ xon (qoon) deb e’lon qilindi?
1206-yilda
Qaysi hukmdor 10 ming nafar turk azamatlaridan iborat kezik (keshik) – xos soqchilar qismini tuzadi?
Chingizxon
Sulton Muhammad Xorazmshoh qo‘shini qurollari qaysi javobda to’g’ri berilgan
kamon, nayza, qilich, gurzi
Samarqand qo’shinlari soni qancha edi?
110 ming
1216-yilda qaysi daryo bo’yida Muhammad Xorazmshohning 60 ming kishilik qo‘shini mo‘g‘ullar ning 20 minglik qo‘shini bilan jang qiladi?
Irg’iz daryosi
Buxoroliklar o‘z himoyachilaridan ayrilgandan so‘ng shahar ahlini saqlab qolish niyatida o‘zaro maslahatlashib, kim boshchiligida bir guruh oqsoqollar Chingizxon huzuriga yo‘l oldilar?
qozi Badriddin
Chingizxon kim boshchiligidagi qo’shinni Sirdaryoning yuqori oqimidagi Jand, Yangikent, Barchinlig‘kent, Sig‘noq shaharlarini bosib olish uchun yubordi?
jo'ji
Sulton Muhammad Xorazmshoh qo‘shinining o’ng qismi nima deb atalgan?
maymana
Qal’alarga hujum qilishda tosh irg‘ituvchi moslamaning nomi qanday bo’lgan?
katapulta manjaniq
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.