Study

Mk

  •   0%
  •  0     0     0

  • Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan bepul xizmatlarga qaysilar kiradi?
    Ishga joylashtirish bo‘yicha maslahat berish, bandlik markazlari orqali ishga yuborish, kasbga qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari.
  • Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga qanday kafolatlar taqdim etiladi?
    2–3 oygacha o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi, kompensatsiya to‘lanadi, ishsizlik nafaqasi beriladi.
  • Ish topishda fuqarolar qanday usullardan foydalanishi mumkin?
    Ish beruvchiga bevosita murojaat qilish. Davlat mehnat organlariga murojaat qilish. Xususiy bandlik agentliklari xizmatidan foydalanish.
  • 98-moddaga ko‘ra, ommaviy ishdan bo‘shatish qanday hollarda sodir bo‘ladi?
    Korxona tugatilganda, ishlab chiqarish hajmi qisqarganda, 30 kunda 50+, 60 kunda 200+, 90 kunda 500+ xodim qisqarganda.
  • 94-moddaga ko‘ra, fuqarolarning mehnat qilish huquqi qanday kafolatlanadi?
    Har kim mehnat qilish, o‘z ixtisosligi va qiziqishiga mos ish tanlash huquqiga ega.
  • Ish beruvchining ijtimoiy ehtiyojmandlarga nisbatan qanday majburiyatlari bor?
    Ular uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, qonunga xilof rad etmaslik, maxsus dasturlar asosida ishga qabul qilish.
  • Ishga joylashtirish tushunchasi nimani anglatadi?
    Fuqarolarning mehnat qilish qobiliyatidan foydalanishi, o‘z kasbi va hunari bo‘yicha ish topishi jarayoni.
  • 95-moddaga ko‘ra, davlat ish qidirayotgan fuqarolarga qanday yordam va kafolatlar beradi?
    Teng imkoniyatlar, qonunga xilof rad etishdan himoya, bepul maslahat va yo‘llanma berish, malaka oshirish, ko‘chib ishlash xarajatlarini qoplash.
  • 96-moddada qayd etilgan ijtimoiy ehtiyojmand shaxslar toifalarini sanab bering.
    Nogironligi bo‘lganlar, pensiyaoldi yoshidagilar, ko‘p bolali va yolg‘iz ota-onalar, maktab va kasb-hunar bitiruvchilari, “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari,
  • Mehnat kodeksining qaysi bob va moddalari ishga joylashtirish masalalarini tartibga soladi?
    III bo‘lim, 10–11-bob, 94–102-moddalar.