Study

Sergey Yesenin

  •   0%
  •  0     0     0

  • U qayerda tahsil olgan?
    U dastlab qishloqdagi o'qituvchilar seminariyasida, keyin Moskvada A.L. Shanyavskiy nomidagi xalq universitetida tahsil olgan.
  • Uning ijodiga qanday adabiy oqimlar ta'sir ko'rsatgan?
    Uning ijodiga rus xalq og'zaki ijodi, yangi dehqon shoirlari va keyinchalik imažinizm kabi adabiy oqimlar ta'sir ko'rsatgan.
  • Yeseninning ilk she'rlar to'plami qanday nomlangan va qachon nashr etilgan?
    Yeseninning ilk she'rlar to'plami "Radunitsa" deb nomlangan va 1916-yilda nashr etilgan.
  • Yeseninning eng mashhur asarlari qaysilar?
    Yeseninning eng mashhur asarlari orasida "Anna Snegina", "Qora odam", "Fors ohanglari", "Moskva meyhonxona"si" va ko'plab lirik she'rlari bor.
  • Sergey Yesenin qachon vafot etadi?
    1925-yil, 28-dekabrda.
  • Uning she'rlari qayerda nashr etilgan?
    Moskva jurnallarida bosilib, mashhur bo'lgan.
  • Yeseninning ota-onasi kim bo'lgan?(ismi)
    Yeseninning otasi Aleksandr Nikitich Yesenin, onasi esa Tatyana Fyodorovna Titova bo'lgan.
  • Yesenin qachon armiya safiga chaqirilgan?
    1916-yilda armiya safiga chaqirilgan.
  • Uning qishloqda tug'ilganligi uning ijodiga qanday ta'sir ko'rsatgan?
    Qishloqda tug'ilib o'sganligi uning ijodida o'z aksini topgan she'rlari qishloqda ko'rganlariga oid bo'lgan.
  • Uning adabiy faoliyati qachon boshlangan?
    Uning adabiy faoliyati yoshligidan, taxminan besh yoshidan boshlangan. O'n yoshida she'rlar yoza boshlagan.
  • Sergey Yesenin qachon va qayerda tug'ilgan?
    Sergey Yesenin 1895-yil 3-oktabrda (eski taqvim bo'yicha 21-sentabrda) Rossiya imperiyasining Ryazan guberniyasidagi Konstantinovo qishlog'ida tug'ilgan.
  • Uning to'liq ismi sharifi qanday?
    Uning to'liq ismi sharifi Sergey Aleksandrovich Yesenin.