Study

7-sinf Jahon

  •   0%
  •  0     0     0

  • Konstantinopolda IX asrda .......... oliy maktabi, XI asrning o‘rtalarida huquqshunoslik va ........ fakultetlari bo‘lgan universitet ochilgan.
    Magnavr, falsafa
  • Yevropadagi dastlabki Universitetlar faqat kimga bo‘ysunib, uning homiyligida bo‘lgan?
    Rim papasiga
  • O‘zining mozaika va freskalari bilan mashhur Xori monastiri qaysi shaharda joylashgan?
    Istanbul
  • Ayo Sofiya (Avliyo Sofiya) ibodatxonasi qaysi shaharda joylashgan?
    Konstantinopol (Istanbul)
  • Eyngardni ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi uchun zamondoshlari “......... ........” deb ataganlar.
    “mehnatsevar chumoli”
  • Qachon ixtiro qilingan “yunon olovi” (oltingugurt, selitra, turli qatronlar aralashmasi) dengiz janglarida uzoq yillar ustunlikni ta’minlagan?
    VII asrda
  • Koshin tosh, yog‘och, marmarlar, rangli shishalardan ishlangan naqsh, tasvir.
    Mozaika
  • Tuluza unversiteti qaysi mamlakatda tashkil etilgan?
    Fransiya
  • 532–537-yillarda bunyod etilgan Ayo Sofiya (Avliyo Sofiya) ibodatxonasi kim tomonidan barpo etilgan?
    Yustinian I
  • Yevropada birinchi universitetlar ......... asrlarda paydo bo‘lgan.
    XI–XII
  • Imperator Karl qaysi tillarini bilgan?
    lotin va yunon
  • Karlning qayerdagi saroyida yunoncha “Akademiya” tashkil etilgan edi?
    Axen
  • Sevilya va Valensiya unversitetlari qaysi mamlakatda tashkil etilgan?
    Ispaniya
  • Nam suvoq ustiga tushurilgan rangli tasvir.
    Freska
  • O'rta asrlarning aksariyat davrlarida qaysi imperiya o‘ziga xos yuksak madaniyati - bilan Yevropaning eng ilg‘or mamlakati bo‘lib qolgan?
    Vizantiya
  • Buyuk Karl yirik mansabdorlarga “xalq maktablari” ochishni buyurib, maktablarni anglosaks olimi, rohib ........ga topshiradi.
    Alkuin
  • Karl qayerdan ikki taniqli qo‘shiqchilarni taklif etib, saroyda qo‘shiqchilar xori (dastasi)ni tuzdirgan?
    Italiya
  • Oksford va Kembrij unversitetlari qaysi mamlakatda tashkil etilgan?
    Angliya
  • Biz kimni asaridan Buyuk Karl hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlarni olamiz?
    Tarixchi Eyngard
  • Yog‘ochning qattiq turlaridan ishlangan xudo, Bibi Maryam, Injil sahnalari, avliyolar tasviri
    Ikona
  • Karl o‘z saroyiga qaysi mamlakatlardan bilimdon kishilarni taklif qilgan?
    Italiya, Ispaniya, Angliya, Irlandiya
  • Kesariyalik VI asrda yashagan tarixchi.
    Prokopiy
  • X asrda yashab o'tgan Vizantiyalik tarixchi.
    Lev Diakon
  • Yevropadagi dastlabki universitetlar Italiyadagi ......... va Fransiyadagi ........ universitetlari hisoblanadi.
    Boloniya, Parij
  • Neapol unversiteti qaysi mamlakatda tashkil etilgan?
    Italiya