Abdulla Qodiriy "Yig'indi gaplar" maqolasi uchun «... aksilinqilobiy maqsadda sho'ro rahbarlarini matbuot orqali obro'sizlantirdi» degan tuhmat bilan qamoqqa olinib, sudlanadi, lekin nega qamay olishmadi?
Dalillarning uydirmaligi ko'rinib turgani uchun uni qamay olishmaydi.
Qaysi hikoya «Padarkush» pyesasiga taqlidan yozilgan va bu hikoyada o'qishni tashlab buzuq yo'llarga kirib ketgan boyvachcha otasining mol-mulkini sovuradi, sindiradi; oxiri jinoyatga qo'l uradi va qamaladi ?
«Juvonboz»
Hamid Olimjonning qaysi she’ri o’zbek sahnasi yulduzi Shohida Mazhumova san’atidan tasirlanib yozilgan?
,,Ofeliyaning o’limi’’ she’ri
"Mening o'g'rigina bolam" asarida Roqiyabibi o'g'riga qarata nimalar degan?
«Tiriklik toshdan qattiq, tuyaning ko'ziday non anqoga shapig' (tirikchilik og'ir bo'lib qolgan).
Qaysi doston toshkentlik savdogar tomonidan sotib olingan go'zal qozoq qizi va Toshkentda hunarmandlar va batraklarni boyga qarshi qo'zg'olonga ko'targan, nihoyat o'z sevgilisini ozod qilgan xalq oqini to'g'risidagi poema-ertakdir?
«Baxtigul va Sog'indiq»
Cho’lponning “Kecha va kunduz” romanida kim yerli xalqlardan chiqqan ,,advokat” deb ta’riflangan?
Obrezqora
«Shum bolaning sarguzashti» Asari dastlab qaysi yilda qanday nom bilan chop etilgan?
1936-yilda kitob holida chop etilganda «Dovdirash» deb nomlangan.
Kimning qaysi asarida o'zbek xalqining yaqin o'tmishda rus bosqinchilari va mahalliy amaldorlar tomonidan ezilganligi, xalqning o'z ahvolini anglab, ezuvchilarga qarshi qo'zg'alishi badiiy ifodasini topgan?
Oybekning «Qutlug' qon» asarida
Behbudiyning "Padarkush" asarida qaysi epizod sun'iyroq bo'lgan?
Qotillik
Cho’lponning 11ta dramatik asarlarini sanab bering.
Qaysi adib o’z bolalik yillarini ,,Men bir qaro kunda tug’ildim,Tug’ildim-u shuon bo’g’ildim’’ deya eslagan?
Hamid Olimjon
Fitrat ...... va .....da jadid maktablarini ochadi, «Yosh buxoroliklar» partiyasini tuzib, unga ...... boʻladi va 1917-1918-yillarda Samarqandda chop etiladigan «.......» gazetasida bosh muharrir bo'ldi. Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
Shahrisabz va Karkida; sarkotib; "Hurriyat"
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.