Study

Inqirozlar (Moliya)

  •   0%
  •  0     0     0

  • Qat'iy valyuta kurslari Osiyo mamlakatlarida qanday foydali ta'sir ko‘rsatdi?
    Investorlar valyuta xavfini sezmagan holda ko‘proq kapital jalb qila olishdi.
  • Yaponiya Bankining 1989-yilda foiz stavkalarini oshirishi qanday oqibatlarga olib keldi?
    Aktivlar pufagi yorildi va banklar katta miqdorda "yomon" kreditlarga ega bo‘ldilar.
  • 990-yillarda Yaponiyada iqtisodiy stagnatsiyaning asosiy sabablari nimalar edi?
    Demografik muammolar, strukturaviy muammolar va banklarning kredit berishdagi qiyinchiliklari.
  • Osiyo moliyaviy inqirozi boshida Tailandda qanday voqea yuz berdi?
    Tailand batining AQSh dollariga nisbatan qat'iy kursi barqarorligini yo‘qotdi, bu valyuta inqiroziga olib keldi.
  • 1990-1991-yillardagi Fors ko‘rfazi urushi qanday muammolarni keltirib chiqardi?
    Urush jahon iqtisodiyotida beqarorlik yaratdi.
  • Xalqaro yordam qanday chora-tadbirlarni o‘z ichiga oldi?
    Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) va boshqa tashkilotlar moliyaviy yordam ko‘rsatib, qat'iy iqtisodiy siyosatni amalga oshirishni talab qildilar.
  • Osiyo inqirozining oqibatlari qanday ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga olib keldi?
    Iqtisodiy tanazzul, ish-sizlikning o‘sishi, qashshoqlikning oshishi va siyosiy beqarorlik yuzaga keldi.
  • Rossiya inqirozidan so‘ng, mamlakat qanday chora-tadbirlar ko‘rdi?
    Rossiya iqtisodiy islohotlarni amalga oshirib, neft narxi o'sishi bilan iqtisodiyotni tiklashga harakat qildi.
  • 1990-1991-yillardagi Fors ko‘rfazi urushi vaqtida neft narxining o‘sishi natijasida markaziy banklar qanday chora ko‘rishga majbur bo‘ldilar?
    Foiz stavkalarini oshirishga majbur bo‘ldilar.
  • AQSh foiz stavkalarini oshirganda rivojlanayotgan mamlakatlarda nima bo‘ldi?
    Ularning dollar bilan olingan qarzlari qimmatlashdi va qarz yuklari og‘irlashdi.
  • 1980-yillarning oxirida Yaponiyada qanday iqtisodiy hodisa "aktivlar pufagi"ni yuzaga keltirdi?
    Fond bozori va ko‘chmas mulk bozorida narxlar keskin oshib, aktivlar pufagi yuzaga keldi.
  • Rossiya inqirozi 1998-yilda qanday sabablarga asoslangan edi?
    Rossiyaning neft eksportiga bog‘liqligi, davlat qarzining yuqori darajasi va bank tizimining zaifligi.
  • 1998-yilgi inqirozning natijasida Rossiya rublining qadri nima bo‘ldi?
    Rublning qiymati keskin pasayib ketdi.
  • 1980-yillar: "Qarz inqirozi"da Neft narxining oshishi rivojlanayotgan mamlakatlarga qanday ta'sir qildi?
    Ular neft uchun ko‘proq pul to‘lashga majbur bo‘lib, ko‘p qarz oldilar
  • 1971 yil 15 avgust: AQSh prezidenti Richard Nikson dollarni oltin bilan ta'minlashni to'xtatdi bu nimaga olib keldi?
    Bretton Vuds tizimining de-fakto qulashiga
  • "Yo'qolgan o'n yillik" natijasida Yaponiya iqtisodiyotida qanday muammolar davom etdi?
    Iqtisodiyot sekin o‘sishda davom etdi va deflyatsiya muammosi saqlanib qoldi.
  • Yaponiya "Yo'qolgan o'n yillik"da iqtisodiyotni tiklash uchun qanday pul-kredit siyosatini amalga oshirdi?
    Foiz stavkalarini nolga yaqin darajaga tushirdi va "miqdoriy yumshatish" siyosatini olib bordi.
  • Bretton Vuds tizimi nima edi?
    bu tizim xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan edi.
  • 1990-yillarda Osiyo mamlakatlariga qanday iqtisodiy omillar jalb qildi?
    Osiyo mamlakatlari xorijiy investorlar uchun jozibali bo‘lib, qisqa muddatli kapital oqimi kirib keldi.
  • Osiyo moliyaviy inqirozining tarqalishi qanday kechdi?
    Tailanddagi inqiroz boshqa Osiyo mamlakatlariga tez tarqaldi va valyutalar kursining tushishiga olib keldi.
  • Urush biznes va iste'molchilarga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
    Ishonchsizlik oshdi, investitsiyalar va iste'mol kamaydi.
  • Fors ko‘rfazi urushi neft narxiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
    Neft narxi keskin oshdi va inflyatsiya kuchaydi.
  • Rossiya inqirozi Yevropa va AQShga qanday ta'sir ko‘rsatdi?
    Rossiya inqirozi "yuqumlilik effekti" orqali Yevropa va AQShga ta'sir qilib, investorlar xavotirga tushib, pullarini xavfsizroq aktivlarga o'tkazdi.
  • "Petrodollar" nima va u nima uchun muhim edi?
    Neft eksportidan olingan daromad banklarga qo‘yildi va u pullar rivojlanayotgan mamlakatlarga kredit sifatida berildi.