Study

Davlat va huquq nazaryasi

  •   0%
  •  0     0     0

  • Intizomiy-huquqiy javobgarlik nima?
    Intizomiy-huquqiy javobgarlik - bu jismoniy yoki yuridik shaxsning tashkilot yoki mehnat munosabatlarida qoidalarni buzishi bilan bog‘liq javobgarlikdir.
  • Yuridik javobgarlikni istisno qiluvchi holatlar nima?
    Zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, buyruqni bajarish, muomalaga layoqatsizlik
  • Yuridik javobgarlikning asosiy belgisi nima?
    Yuridik javobgarlik davlat majburlov choralari bilan bog‘liq.
  • Qasdning qanday turlari mavjud?
    To‘g‘ri qasd va egri qasd.
  • Huquqbuzarlikda zararli oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
    Zararli oqibatlar mulkiy, nomulkiy, ijtimoiy va shaxsiy zararlar sifatida ko‘rinadi.
  • Oxirgi zarurat holatida qilmish qanday baholanadi?
    Oxirgi zarurat holatida, agar keltirilgan zarar oshib ketmasa va boshqa vositalar orqali xavf oldini olish imkoni bo‘lmasa, huquqbuzarlik deb baholanmaydi
  • Huquqbuzarlik qanday sodir bo‘ladi?
    Huquqbuzarlik - bu huquq normalariga zid keladigan harakat yoki harakatsizlik ko‘rinishida sodir bo‘ladi.
  • Ehtiyotsizlik nima?
    Ehtiyotsizlik - shaxsning beparvolik bilan o'z harakatlarini amalga oshirishi va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni nazarda tutmaslik.
  • Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni qanday tarkibiy qismlardan iborat?
    Nojo‘ya harakat, huquqqa zid xatti-harakat, zararli oqibat va sababiy bog‘lanish.
  • Muomalaga layoqatsizlik nima?
    Muomalaga layoqatsizlik - bu jismoniy shaxsning yoshi yoki ruhiy holati sababli huquqlarini to‘liq amalga oshira olmaslikdir.
  • Yuridik javobgarlik nima?
    Yuridik javobgarlik - huquqbuzarga nisbatan davlat tomonidan qo‘llaniladigan majburlov choralaridir.
  • Jinoiy-huquqiy javobgarlik qaysi organ tomonidan belgilanishi kerak?
    Jinoiy-huquqiy javobgarlik sud tomonidan belgilanishi kerak.
  • Faol huquqiy xulq-atvor nima?
    Faol huquqiy xulq-atvor - bu shaxsning tashabbuskorlik bilan amalga oshiradigan ma’lum maqsadga qaratilgan qonunga mos faoliyatidir.
  • Odatdagi huquqiy xulq-atvorning asosiy xususiyati nima?
    Odatdagi huquqiy xulq-atvor - bu kundalik hayotda kishilarning huquq normalariga mos keladigan xulqidir.
  • Aybning ma’nosi nima?
    Ayb - shaxsning huquqqa xilof xatti-harakatiga va uning ijtimoiy xavfli oqibatiga nisbatan qasd yoki ehtiyotsizlik ko‘rinishidagi munosabati.
  • Huquqiy xulq-atvor nima?
    Huquqiy xulq-atvor - bu shaxs tomonidan huquq normalariga mos keladigan xatti-harakatlarning amalga oshirilishidir.
  • Huquqbuzarlikning sababiy bog‘lanishi nima?
    Sababiy bog‘lanish - hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘lib, ulardan biri zaruratni, ikkinchisi esa oqibatni tug‘diradi.
  • Zaruriy mudofaa nima?
    Zaruriy mudofaa - bu g‘ayrihuquqiy tajovuz qilayotgan shaxsga zarar yetkazish yo‘li bilan himoya qilishdir.
  • Fuqarolik-huquqiy javobgarlik kim tomonidan belgilanishi kerak?
    Fuqarolik-huquqiy javobgarlik sud tomonidan belgilanishi kerak.
  • Sust huquqiy xulq-atvor qanday namoyon bo‘ladi?
    Sust huquqiy xulq-atvor fuqarolarning o‘z huquq va erkinliklaridan foydalanmasligida namoyon bo‘ladi.