Study

Inson huquqlari

  •   0%
  •  0     0     0

  • Yevropa kengashining nazoratni amalga oshirish mexanizmiga Yevropa sudi va Vazirlar qo'mitasi kiradi. Ushbu jumla to'g'rimi sizningcha ?
    Ha albatta !
  • Yevropada inson huquqlarini va erkinliklarini himoya qilish to'g'risidagi ikkita hujat yopiq hujjat hisoblanadi bular qaysilar ?
    Yevropa konvensiyasi va Ijtimoiy xartiya yopiq hujjatlar hisoblanadi
  • Yevropaning qaysi xartiyasiga muvofiq, davlatlar o'z majburiyatlariga qanday rioya etilayotganligini nazorat etishni taminlaydigan maruzalarni taqdim etish ishlab chiqilgan ?
    Yevropa ijtimoiy xartiyasiga muvofiq.
  • 1994 15 sentabrda Arab davlatlari ligasi tomonidan qabul qilingan, lekin azo davlatlar tomonidan imzolanmagangan hujjat qaysi ?
    Inson huquqlari bo'yicha Arab xartiyasi
  • ADL qachon arab davlatlari xartiyasini qabul qildi ?
    1994 yil 15 sentabrda
  • Afrika inson va xalqlar huquqlari komissiyasining asosiy vazifasi nima ?
    Asosiy vazifasi inson va xalqlar huquqlarini rag'banlantirish hamda shu yo'nalishda tegishli normalarni ishlab chiqish.
  • Yevropa konvensiyasi asosiy inson huquqlarini elon qilish bilan birga ularni himoya qilish mexanizmlarini ham ishlab chiqdi, dastlab bu uchta organdan iborat edi bu organlar ........?
    Yevropa sudi, Yevropa komissiyasi, Vazirlar qo'mitasi.
  • Afrika sudini tashkil etish bo'yicha Protokol,qachon va qaysi organ majlisida qabul qilingan
    1998 yilning fevralidagi ABD ning Vazirlar kengashi majlisida
  • 1986 yil kuchga kirgan, 3 qismdan iborat, 68 moddani o'z ichiga oladigan hujjat ?
    Inson va xalqlar huquqlari bo'yicha Afrika xartiyasi
  • Bola huquqlari va faravonligi bo'yicha Afrika xartiyasi qachon qabul qilingan ?
    1990 - yil qabul qilingan.
  • Inson va xalqlar huquqlari komissiyasi odil sudlovni kengaytiruvchi va mustahkamlovchi qanday rezolutsiyani qabul qilgan ?
    "Regress va odil sud protsedurasiga bo'lgan huquqlar to'g'risida" gi rezolutsiyani
  • Yevropa kengashi ikki asosiy organdan iborat bular qaysilar ?
    Vazirlar qo'mitasi va Parlament Assambleyasi.
  • Yevropa konvensiyasiga binoan sud dastlab faqat nizolar bo'yicha yurisdiksiyaga ega bo'lgan, qachon sud maslahat yurisdiksiyasiga ega bo'lgan ?
    1970 yilda Konvensiyaga doir Protokol kuchga kirgandan keyin.
  • Shaxslarning zo'rlik ostida g'oyib bo'lishi to'grisidagi Amerika davlatlararo konvensiyasi nechanchi yillarda tashkil etilgan ?
    1993-1996 yillar
  • Amerika sudi qayerda joylashgan va nechi nafar sudyadan iborat ?
    Kosta-Rikaning, San-Xose shahrida joylashgan va 7 nafardan iborat
  • Yilda ikki marotaba yig'iladi, qarorlarni qabul qiladi va maxsus sessiyalarni o'tkazuvchi Yevropa kengashi organi qaysi ?
    Vazirlar mahkamasi
  • Amerikada sud tomonidan chop etilgan 15 ta hujjat yurisprudensiya tizimining tarkibiy qismiga aylandi va Afrikada esa sud tashkil qilish bo'yicha protokol qabul qilindi, bu ikki malumot o'rtasida qanday mantiqiy bog'lanish bor ?
    Bir yilda qabul qilingan 1998 yilda
  • Qaysi voqeadan keyin Yevropa sudi va Yevropa komissiyasi bir biriga qo'shib yuborildi ?
    1998 yil 1 noyabrdan Yevropa konvensiyasining 11 sonli protokoli kuchga kirgandan keyin birlashtirilib yagona organga aylantirildi.
  • Arab xartiyasi qachon rasman yuridik kuchga kirdi ?
    2008 yil 15 martda yuridik kuchga kirdi.