Professor kech soat sakkizda budilnikni 9 ga qo’yib uyquga yotdi. U necha soat uxlaydi?
1 soat.
Qanday holda 12 sonini teng ikkiga bo’lsak, 7 chiqadi?
12 soni rim raqamida XII bo’lganda yarmi VII bo’ladi.
Stolda 70 dona oq qog’oz turibdi. Har 10 soniyada 10 ta qog’ozni sanash mumkin. Bu holda 50 ta qog’oz sanab olish uchun nechi soniya vaqt ketadi?
20 soniya. 10 soniyada birinchi o’ntasi, keyingi o’n soniyada ikkinchi o’ntasi. Stolda esa 50 ta qog’oz qoladi.
Nima oq bo’lganda toza xisoblanadi, yashil bo’lganda tozalash kerak?
doska
Professor do’stlarini o’zining maxsus salati bilan mehmon qilishni niyat qildi.Bu uchun unga: 3 ta bulg’or qalampiri va shuncha pomidor,pomidorlardan kamroq, ammo piyozdan ko’proq bodring kerak bo’ladi. Professor jami necha dona turli xi i
9 ta
100 so’m pulingiz bor. 100 ta hayvon olishingiz kerak. Mol – 10 so’m, qo’y – 3 so’m, xo’roz – 50 tiyin. Qaysi hayvonlardan nechtadan olasiz?
Mol 5 ta, qo’y bitta, xo’roz 94 ta.
Uni chap qo’l bilan ushlasa bo’ladi, lekin o’ng qo’l bilan hech qachon ushlab bo’lmaydi?
O’ng qo’lning tirsagi.
Traktorchining Farhod ismli akasi bor edi, lekin Farhodning ukasi yo’q edi. Buning sababi qanday?
Traktorchi Farhodning singlisi edi.
Mashina rulini o’ngga burganda uning qaysi g’ildiragi umuman burilmaydi?
Zaxiradagi (zapas) g’ildirak.
Yer yuzidagi barcha aholi bir vaqtning o’zida nima qiladi?
Ulg’ayadi.
Quyon o’rmondagi hayvonlarga shunday savol berdi: «Agar men ayiqdan og’irroq bo’lsam-u, lekin chumolidan yengilroq bo’lsam, oramizda kim eng yengil bo’ladi?».
Ayiq.
5 ta odam 1 ta etikda qolishi uchun nima qilish kerak?
Ularning bittadan etigini yechib olish kerak.
Uning balandligi ham, eni va bo’yi ham yo’q, lekin uni o’lchasa bo’ladi. U nima?
Harorat, vaqt.
Qaysi yegulikni pishirishda qancha tuz solsa ham, u sho’r bo’lib ketmaydi?
Qaynatilgan tuxumni.
Stol ustida ikkita tanga turibdi. Ularning jami qiymati 3 so’m. Lekin ularning biri 1 so’mlik tanga emas. Tangalar necha so’mlik?
1 so’m va 2 so’mlik tangalar. Ulardan biri aniq 1 so’mlik emas, lekin ikkinchisi 1 so’mlik.
Saudiya Arabistoni mamlakatida qanday daryolar mavjud?
Ushbu mamlakatda 1 ta ham daryo mavjud emas.
Bir oilada 5 qiz bor ekan. 1- kitob o’qiyapti, 2- shaxmat o’ynayapti, 3- ovqat yeyapti, 4- yig’ishtiryapti, 5- nima qilyapti?
Shaxmat o’ynayapti.
Jorj Vashington, Sherlok Xolms, Vilyam Shekspir, Lyudvig Van Betxoven, Napoleon Bonapart, Aleksandr Pushkin – ushbu ro’yxatda kim “ortiqcha”?
Sherlok Xolms. Chunki, qolganlaridan farqli ravishda u to’qima shaxsdir.
Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, ushbu soha vakillari chap quloqlarining yaxshi eshitmasligidan ko’p shikoyat qilishadi. Ushbu soha vakillarini toping.
Skripkachilar.
Ikkita soat taqib yuradigan kasb egalari kimlar?
Futbol hakamlari.
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.