Shunday bir tuygʻu borki, u oyoqlarga qanot berishi ham, oyoqlarni kishanlashi ham mumkin. Bu qaysi tuygʻu?
Qoʻrquv
Erkak kishi o’zining bevasining singlisiga uylanishi mumkinmi?
Yo’q, o’zi vafot etgan kishi hech kimga uylana olmaydi.
Bu taom nomi turkchada «tovada pishiriladigan ovqat» degan ma’noni bildiradi. Bu gruzin xalqining milliy taomidir. Uni hammamiz sevib iste’mol qilamiz. Bu taom qanday ataladi?
Tabaka
U eng arzon va eng qimmat mulk. Undan toʻgʻri foydalanilsa dahoga aylanish mumkin. U nima?
Vaqt
1866 yil 18 oktabrda qaysi shahar podsho humati qoʻliga oʻtdi?
Jizzax shahri
1776 yilda Qoʻqon xonlaridan birinchi boʻlib kim xonlikning fals deb atalgan oʻz pulini zarb ettirdi?
Norboʻtabiy
1875 yil 22 sentabrda kim magʻlubiyatdan qoʻrqib, fon Kaufman bilan shartnoma imzoladi?
Nasriddinbek (39-bet)
Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bu so‘zning har bir harfiga bir ma’no berganlar. Bu so‘zda ittifoqlik, saodat, latofat, oqibat va muhabbat mujassamlashgandir. Bu qaysi so‘z?
Islom
Buxorodan 15 km uzoqda joylashgan Kogon shahrini qarorgoh qilgan vakil kim edi?
P. Lessar
Madrasalarda haftada necha kun oʻqish kuni hisoblangan va ular qaysilar?
4 kun shanba, yakshanba, dushanba, seshanba
"Buxoroi sharif mangʻit amirlari muxtasar tarixi" asarining muallifi kim?
Ahmad Donish
1879 yil iyulda Krasnovodskdan kim boshchiligidagi harbiy qoʻshin turkmanlar yashaydigan hududlarga joʻnatildi?
I. Lazerev
Bu ikki aka-uka bir joyda tugʻilgan.Yosh orasi ham uncha uzoq emas. Akasi 4yil yashagan, ukasi 2yil koʻproq. Bu gʻalati mashhur aka-ukalar nimalar?
I va II jahon urushlari
Suratdagi holatga barcha hech boʻlmaganda bir marta tushgan.Bu oʻta yoqimsizdek tuyulsada, ijtimoiy tarmoqlar bu yoʻlakchani X deb nomlashdi. Bu esa kishini xursand boʻlishiga sabab boʻladi.Mantiq va diniy bilimlarga tayanib jumlani ayting.
Gunohlarda poklanish yoʻlagi
Husayn Masudi yer sharini qush sifatida talqin qilgan. Unga ko‘ra qushning dum–bu Afrika, qanotlari–Hindiston va Forsiya, o‘ng va chap tomonlari afsonaviy Yajuj va Majuj shaharlaridir. Qushning koʻzlari oʻrnidagi 2ta muqaddas shahar bu...
Makka va Madina
Bir traktorchining ukasi bor ekan, ukasining akasi yoʻq ekan. Mantiqiy fikrlab savolning javobini izohlab bering.
Traktorchi ayol kishi edi
Dinimizda Hayıtdan keyinggi 3 kun Tashriq kuni deyiladi. Tashriq so'zining manosi "oftobda quritilgan" degani. Diqqat savol: Nega aynan Hayıtdan keyinggi Uch kunlik Tashriq Kuni deyiladi?
Qurbonlikda so'yilgan qo'yni go'shti oftobda quritib qo'yilganligi uchun
Berdaq tavalludining 170 yilligi keng nishonlangan yilda yana qaysi allomalarning yubileylari keng nishonlangan edi?
Imom al-Buxoriy va Al-Fargʻoniy (1998-yilda nishonlangan)
Nega oʻzbek tilidagi adabiyotlarda podsho hukumati Chor Rossiyasi deb aytilgan?
rus tilida podsho "царь" deyiladi. Bu mahalliy aholi tilida "chor" deb talaffuz etilgan va shu bois oʻzbek tilidagi adabiyotlarda shunday aytilgan.(26bet)
Qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan biri hisoblangan Ajiniyoz Qosiboy oʻgʻlining taxallusi qanday edi?
Zevar
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.