Study

7-SINF IV-BOB 3-MAVZU. Kislorodning umumiy tavsi ...

  •   0%
  •  0     0     0

  • O'simliklar qaysi gaz bilan nafas oladi?
    Kislorod
  • O'simliklar qaysi paytda karbonat angidrid gazini yutib kislorod gazini chiqaradi?
    Kunduzi yorug'lik bor paytda, fotosintez jarayonida
  • "Suv molekulasi tarkibida kislorod bor". Bu jumlada gap element haqida boriyaptimi yoki modda haqidami?
    Element haqida
  • Fotosintezga teskari bo'lgan jarayon?
    Nafas olish
  • Kislorod nechanchi davrda va nechanchi guruhda joylashgan?
    2-davrda 6-guruhda
  • "Havo tarkibida kislorod bor". Bu jumlada gap element haqida boriyaptimi yoki modda haqidami?
    Modda haqida
  • Kislorodning molyar massasi?
    32 g/mol
  • Tabiatda kislorod qaysi jarayon natijasida hosil bo'ladi?
    Fotosintez
  • Kislorod Yer atmosferasida (havoda) hajm jihatdan necha foiz?
    21%
  • Kislorodning nisbiy atom massasi?
    16
  • Kislorod atomi tarkibidagi elektron, proton va neytronlarning soni?
    8, 8, 8.
  • Kislorodning tartib raqami?
    8
  • Kislorod Yer qobig'ida necha foiz?
    47%
  • Kislorod qaysi elementlar bilan birikma hosil qilmaydi?
    Inert gazlar - geliy, neon, argon bilan.
  • Kislorod Yer atmosferasida (havoda) massa jihatdan necha foiz?
    23%
  • Kislorodning fizik xossalari? (rangi, hidi va ta'mi)
    Rangsiz, hidsiz, ta'msiz gaz
  • Kislorod molekulasining yozilishi?
    O2
  • Kislorodning nisbiy molekulyar massasi?
    32
  • Kislorodning valentligi?
    2
  • Baliqlar .............. bilan nafas oladi?
    Suvda erigan kislorod bilan
  • "Fotosintez jarayonida kislorod hosil bo'ladi". Bu jumlada gap element haqida boriyaptimi yoki modda haqidami?
    Modda haqida
  • Kislorodni qaysi olimlar kashf etgan?
    K. Sheele va J. Pristli