Latent jinoyatchilik qaysi tildan olingan va uning ta'rifini tushintirib bering
LАTENT JINOYaTChILIK (lot. latens – yashirin, koʼrinmas, sezilmas). jazoga tortilishi kerak bo'lgan qilmishlar ro'yxatida aks etmagan, qayd etilmagan
Kriminologiya fanning predmeti nimalardan iborat
jinoyatchilik, jinoyatchi shaxs, jinoyatchilik sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlar, jinoyatchilikning oldini olish
Jinoyatchilik atamasiga ta'rif bering
ma'lum bir davlatda (mintaqada) muayyan davr mobaynida sodir etilgan barcha jinoyatlarning yig'indisi.
Jinoyat og'irlik darajasiga ko'ra necha turlarga bo'linadi va ular qaysilar
ijtimoiy xavfli katta bo'lmagan, uncha og'ir bo'lmagan, og'ir, o'ta og'ir va kam ahamiyatli qilmishlar
Jinoyatchilik darajasi deganda nimani tushinasiz
sodir qilingan jinoyatlar miqdorining aholi soniga nisbatan o'lchanadigan miqdor va sifat ko'rsatkichlariga aytiladi
Kriminologiyaning maxsus qismiga oid yo'nalishlardan atiga 3 tasini sanab bering
voyaga yetmaganlar o'rtasidagi jinoyatlar, kasbiy va uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik bilan bog'liq jinoyatlar
Chezare Bekkariyaning kim va uning fanga qanday aloqasi bor
"Jinoyatlar va jazolar haqida" kitobning muallifi hamda Kriminologiya vujudga kelishi aynan shu kitobga kelib taqaladi.
Jinoyatchilikning asosiy statistik ko'rsatkichlari necha turdan iborat. Ularni sanab bering
4 ta. Holati, darajasi, tuzilishi, dinamikasi
Kriminologiyaning asosiy 2 ta vazifasini sanab bering
Kirminologiyada viktimlikni o'rganish va uni oldini olish, yoshlar va voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish
Kriminologiya va kriminalistika fanlarining o'zaro farqi nimada
Kriminologiya jinoyatchilikning sabablari, omillari hamda oldini olish choralarini o'rgansa, kriminilastika esa tergov qilish texnikasi, metodikasini o'rganadi
1884-yilda chop etilgan "Kriminologiya" kitobi nechta qismdan iborat va ularni aytib bering
3 qismdan iborat. 1) Jinoyatchilik 2) Jinoyatchi 3) Jazo
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.