Beshta 1 yordamida 100 sonini qanday hosil qilish mumkin?
111-11=100
4 ta kemaning har birida 6 tadan yo‘lovchi va 3 tadan ekipaj a’zosi bor. Kemalarda jami necha nafar kishi bor?
36 ta
Shunday ikki sonni topingki, ularning ko‘paytmasi 28 bo‘lib, kattasini kichkinaga bo‘lganda ham 28 chiqsin!
28 va 1
Xokkey o‘yini 6:6 hisob bilan yakunlandi. Shayba darvozalarga jami necha marta kiritilgan?
12 marta
40 ÷ 10 ÷ 2 = ______ (90 − 30) ÷ 6 = ________
2 10
Iroda “Matematik bellashuv” da 14 ta misol va 8 ta masala yechdi. Ulardan ikkitasini yechishda xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, u nechta topshiriqni to‘g‘ri bajargan?
20ta
Umarning onasi ishdan 5 kunlik ta’til oldi. Uning ta’tili Dushanba kuni boshlandi. Ta’til haftaning qaysi kunida tugaydi?
Shanba
Avtodo‘kon sotuvga birinchi kuni 10 ta, ikkinchi kuni undan 2 marta ko‘p yengil mashina jo‘natdi. Avtodo‘kon sotuvga jami nechta yengil mashina jo‘natdi?
30 ta
76 − 59=____ 87 − 24=______
17 63
1) 100 − 41=_____ 2) 100 − 55= ________
1) 59 2) 45
Ikki ota va ikki farzand ketishayotgandi. Do’kondan uchta olma xarid qilishdi. Bo’lmadilar, kesmadilar, teng qilib bo’lib olishdi. Qanday qilib?
Ketayotganlar boto, ota va bola bo’lib, har biri bittadan olma olishgan.
6 × 5 − 18=_____ 5 × 4 − 20=______
12 0
Chumolilar guruhi 28 ta bug‘doy boshog‘ini teng miqdorda to‘plashdi. Ular 4 ta guruh bo‘lib ishlagan bo‘lsa, har bir guruh nechtadan boshoq to‘plagan?
7 tadan
Taqqoslang: 2 + 9 ____ 3 × 6 − 5
<
1 dan 30 gacha bo‘lgan sonlar ichida nechta toq son bor?
15ta
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.