Study

38-mavzu. Hujayra sikli

  •   0%
  •  0     0     0

  • Fotoliz nima?
    Yorug`lik ta`sirida suv dissotsiatsialanishi
  • Sintez davri qanday harf bilan belgilanadi?
    S harfi
  • Sintez davrida nima sodir bo`ladi?(nima necha marta ortadi)
    DNK molekulasi reduplikatsiyalanadi va uning miqdori ikki hissaga ortadi, oqsil va RNK sintezlanadi, hujayra markazi ikki hissaga ortadi, mitoxondriya va plasti
  • Xromosomalar mikroskopda o`ralib, kalta va yo`g`on holatga mitozning qaysi bosqichida keladi?
    Profaza
  • Mitoz natijasida hozil bo`lgan yangi hujayra nimalarga ega bo`ladi?
    Ona hujayradagidek xromosoma to`plami, genlar va diploid to`plamga
  • Eukariot hujayralar asosan qanday usullarda ko`payadi?
    Mitoz va meyoz
  • Qaysi bosqichda mitoz jarayoni yakunlanadi?
    Telofazada
  • Mitoz bosqichlari nimalar?
    Profaza, metafaza, anafaza, telofaza
  • Telofazaning oxirida sitoplazmaning ikkiga ajralishi nima deb ataladi?
    Sitokinez
  • Sintezdan keyingi davrda nima yakunlanadi?
    Bu davr hujayaraning mitozga tayyorgarligini yakunlaydi
  • Somatik hujayralarning bo`linishi nima?
    Mitoz
  • UAA, UAG, UGA nima?
    terminator tripletlar
  • Organik birikmalarni anorganik birikmalardan sintez qila oladigan hujayralar nima deb ataladi?
    avtotroflar
  • Qaysi davrda xromosomalar eng kalta va yo`g`onlashgan holatga o`tadi?
    Metafaza
  • Oqsillarning biologik vazifasi asosan qanday aniqlanadi?
    Aminokislotalarning oqsil molekulasidagi o`rni, ya`ni ketma-ketligi
  • Bitta aminokislota nechta kod yordamida ifodalanadi?
    2 va undan ko`p
  • Xromosoma xromatidalarini birlashtirib turuvchi belbog` uzulishi qaysi bosqichda sodir bo`ladi?
    Anafazada
  • Jinsiy hujayralarning bo`linish usuli?
    Meyoz
  • Mitoz bosqichlari qancha vaqt davom etishi mumkin?
    30 daqiqadan 3soatgacha
  • Metafazada qanday jarayon davom etadi?
    Xromosomalarning spirallanishi davom etadi
  • DNK molekulasining hissa ortishi nima deb ataladi?
    DNK replikatsiyasi
  • mitoz davri nimadan keyin boshlanadi?
    Interfazadan keyin
  • 20 xil amonokislotalarning DNK molekulasidagi 4 xil nukleotidlar yordamida ifodalnishi nima deb ataladi?
    Genetik kod
  • Har bir amonokislota nechta nukleotidning birikishidan hosil bo`lgan triplet kod yordamida ifodalanadi?
    3 ta
  • Profazada yadro qanday o`zgaradi?
    Kattalashadi
  • Plastik almashinuv deb nmaga aytiladi?
    Biologik sintez reaksiyalarning top`lami
  • " Mitoz " so`zining ma`nosi nima?
    "Mitos" - ip sozidan olingan
  • DNK sinteziga tayyorgarlik davrida nima sodir bo`ladi?
    Oqsil va RNK sintezi jadal kechadi, biosintez reaksiyalarida ishtirok etadigan fermentlar faolligi ortadi, hujayra jadal o`sadi
  • DNK sinteziga tayyorgarlik davri qanday belgilanadi?
    G1
  • Sintezdan keyingi davr qanday belgilanadi?
    G2