Study

Tarix zakovat

  •   0%
  •  0     0     0

  • Turkistonda volost boshliqlari, qishloq oqsoqollari, ovul boshliqlari va ularning yordamchilari aholi tomondan necha yil muddatga saylangan?
    3 yil
  • Darvishxon qo’zg’aloni qayerda ko’tarildi?
    Andijonda
  • 1875-1890-yillarda Turkiston o’lkasida qancha rus qishlog’i tashkil qilindi?
    19 ta
  • Farg’ona vodiysining qachon va qayerida aholi ma’murlarga qarshi bosh ko’tarib, uyezd boshlig’ining uyini o’rab oldilar?
    1878-yil, Mingtepa
  • Namangan uyezdining Oqsuv-Shaxrixon volostidagi qishloqlarda aholining mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo’zg’alonga aylanib ketgan qishloqlarni ayting.
    Naymanchi, Ko'hna mozor, Langarbob
  • Lotincha-shikoyat, norozilik bildirish, sud hukmidan norozi bo’lib, uning ustidan shikoyat arizasi berilishining bir shakli bu..
    Apellyatsiya
  • 1867-yilgi “Nizom” loyihasiga asosida o’troq aholi qayerga birlashtirilgan
    Oqsoqoliklarga
  • 1896-yilda Namangan uyezdining qaysi volostida aholining mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo’zg’alonga aylanib ketdi?
    Oqsuv-Shaxrixon volosti
  • XIX asr oxirida Turkistonda rus hukumatiga qarshi qo’zg’alonlarda ishtirok etgan aholi qatlamlari xato berilgan javobni toping: dehqonlar, hunarmandlar, mingboshilar, ellikboshilar, mulkdorlar, savdogarlar, vatanparvarlar, ruhoniylar
    Mingboshilar, ellikboshilar
  • XIX asrning ikkinchi yarmidaTurkistonda ayniqsa qaysi sanoat sohasi uchun paxta yetishtirish ko’paydi?
    To’qimachilik
  • Turkiston o’lkasida mustamlaka tartiboti nimaga asoslangan edi?
    Harbiy kuch va politsiya tizimiga
  • O`rta Osiyoga temryo’llarni o’tkazilishidan Rossiya qanday foyda ko’zlayotgan edi?
    Rossiyaning iqtisodi va harbiy-strategiyasi uchun katta amaliy ahamiyatga ega edi
  • Qaysi yili temiryo’l Toshkent orqali Andijongacha qurib bitkazildi?
    1899-yil
  • Toshkentdagi qaysi anhor Toshkentni 2 qismga ajratadigan chegara bo’lgan?
    Bo’zsuv anhori
  • 1882-1884-yillarda Turkiston o’lkasini tekshirgan rus imperatorining maxfiy maslahatchisi kim bo'lgan?
    F. Girs
  • Krasnovodskdan temoryo’l bilan qaysi viloyatlarga yetib borish osonroq bo’ldi?
    Samarqand, Toshkent, Andijon
  • Uyezd tarkibiga kirgan bir necha qishloq yoki ovullardan iborat bo’linma nima deb nomlanadi?
    Volost
  • Rossiya mustamlakachi hukumati uchun Turkiston o’lkasida neft va oltindan keyingi o’rinda turuvchi yuqori daromadli xomashyoni aniqlang.
    Paxta
  • Turkiston o’lkasida yashaydigan rossiyalik aholi uchun qanday sudlar faoliyat olib borgan?
    General-gubernator devoni
  • Rossiyadan Turkistonga kelgan dehqonlarning I-manzilgohi qayerda paydo bo’lgan?
    Avliyootada
  • Kim boshchiligidagi qo’zg’alonda qo’zg’alonchilar kurash usullarini o’zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum uyushtirdilar?
    Darvishxon
  • Rossiya imperiyasi yerlik aholiga o’z ta’sirini kuchaytirish uchun joriy qilgan mahkama tarkibiga kimlar kirgan?
    Qozi va 7 nafar a’lam
  • Mustamlakachilar oddiy fuqarolarni qachondan ma’murlarga qarshilik ko’rsatgan taqdirda bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar?
    1892-yildan boshlab
  • Rossiya qurolli kuchlarining asosiy harbiy bazalari qayerda joylashgan edi?
    Kavkazda
  • Mingtepa bu hozirgi qaysi tumanga to’g’ri keladi?
    Marhamat tumaniga
  • Uyezd politsiyasi boshlig’i nima deb atalgan?
    Ispravnik
  • XIX asr oxirida Turkistonda rus hukmronligiga qarshi qo’zg’alonlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlang.
    Dehqonlar va hunarmandlar
  • Qachon Farg’ona vodiysida rus ma’mulariga qarshi qo’zg’alonlar avj oldi?
    1885-yilning yozi