Edit Game
Tarbiya
 Delete

Use commas to add multiple tags

 Private  Unlisted  Public



 Save

Delimiter between question and answer:

Tips:

  • No column headers.
  • Each line maps to a question.
  • If the delimiter is used in a question, the question should be surrounded by double quotes: "My, question","My, answer"
  • The first answer in the multiple choice question must be the correct answer.






 Save   23  Close
Inson o‘z axloqini qanday qilib o‘zgartirishi mumkin?
O‘z ayblarini tan olish, kitob o‘qish va yaxshi insonlardan o‘rnak olish orqali.
Odobning eng muhim qoidasi nima?
O‘zingga ravo ko‘rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rmaslik
Agar hasadgo‘y kapalakni uchirib yuborganida, u donishmandni yenggan bo‘larmidi?
Yo‘q, chunki baribir donishmandning javobi o‘z kuchida qolardi: uchirib yuborish ham hasadgo‘yning o‘z qo‘lida edi.
Anvarning onasi uni «katta o‘g‘lim» deb erkaladi. Bu gapda qanday tarbiyaviy ma’no bor?
Onasi unga «sen endi kattasan, o‘zingni shunga yarasha tutgin» degan ishorani bergan.
Nima uchun donishmand «o‘lik» yoki «tirik» deb aniq javob bermadi?
Chunki u hasadgo‘yning ayyorligini sezgan edi. Har qanday aniq javob kapalakning o‘limiga yoki donishmandning xato qilishiga olib kelardi.
Maktabdagi do‘stlaringiz uchun qanday ezgu ishlar qila olasiz?
Darslarda yordamlashish, tushunmagan mavzularini tushuntirish va ularni doimo qo‘llab-quvvatlash.
Birgina qilingan axloqsizlik kimningdir hayotini o‘zgartirib yuborishi mumkinmi?
Ha, yomon xulq yoki nojo‘ya harakat tufayli inson boshqalarning ishonchini yo‘qotishi va kelajagiga zarar yetkazishi mumkin.
Donishmandning «Hammasi o‘z qo‘lingda» degan javobida yana qanday ma’no bor?
Yaxshi yoki yomon odam bo‘lib yashash, hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlash ham insonning o‘z qo‘lida.
Hasadgo‘yning eng katta xatosi nima edi?
O‘zgalarning obro‘siga hasad qilgani va bir jonivorni o‘z manfaati yo‘lida qurbon qilmoqchi bo‘lgani.
Donishmandning javobi nimani anglatadi?
Insonning taqdiri, qiladigan yaxshiligi yoki yomonligi faqat o‘zining ixtiyorida ekanligini anglatadi.
Donishmand hasadgo‘yga qanday javob berdi?
«Hammasi o‘z qo‘lingda», deb javob berdi.
Hasadgo‘yning rejasi qanday edi?
Kapalakni kaftida tutib, «tirikmi yoki o‘lik?» deb so‘rash. Agar tirik desa, siqib o‘ldirmoqchi, o‘lik desa, uchirib yubormoqchi edi.
Hasadgo‘y odamning maqsadi nima edi?
Donishmandni ko‘pchilik oldida uyaltirib, uni bilmasvoyga chiqarish
Rivoyatdagi donishmand nima sababdan hamma tomonidan hurmat qilinardi?
Uning donoligi, hayotiy tajribasi va hamma savollarga to‘g‘ri javob topa olishi uchun.
Abulqosim Firdavsiyning baytida inson o‘z aybini bilsa, nima qilmasligi aytilgan?
O‘z aybini bilgan odam boshqalarning aybini qidirib yurmaydi va ularni yomonlamaydi.
«Dildagi g‘ashlik va odamlar ko‘ziga uyatli ish» nimaning belgisi hisoblanadi?
Bu gunoh va yomon axloqning belgisidir.
Barcha yaxshiliklar nimaning ichida mujassam?
Barcha yaxshilik xushxulqlikdadir.
Axloqsiz odatlari bor insonlardan nega uzoqroq yurish tavsiya etiladi?
Ularning yomon odatlari sizning fe’l-atvoringizga va jamiyatdagi obro‘yingizga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun.
Nima uchun biror kishi bilan do‘st bo‘lishdan avval uning axloqiy fazilatlariga e’tibor berish kerak?
Chunki do‘stning xulqi insonga ta’sir qiladi; yomon xulqli do‘st sizni ham noto‘g‘ri yo‘lga boshlashi mumkin.
«Axloqi va muomalasi go‘zal inson — insonlarning eng sarasidir» degan fikrni qanday tushunasiz?
Bu dunyoda insonning eng katta boyligi va uning qadrini belgilovchi asosiy mezon — bu uning chiroyli xulqi va odobidir.
Insonning axloqi qaysi holatlarda «go‘zal» deb ataladi?
Inson o‘zini munosib tutsa, shirinmuomala bo‘lsa va atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lsa, uning axloqi go‘zal deyiladi.
Odob nima?
odamning jamoat orasida o‘zini tutishi, boshqalar bilan muomalasi, bo‘sh vaqtini tashkil etishi va kundalik xulq-atvorini ifodalovchi xususiyatdir.