Game Preview

Tarbiya

  •  Uzbek    23     Public
    Tarbiya
  •   Study   Slideshow
  • Odob nima?
    odamning jamoat orasida o‘zini tutishi, boshqalar bilan muomalasi, bo‘sh vaqtini tashkil etishi va kundalik xulq-atvorini ifodalovchi xususiyatdir.
  •  15
  • Insonning axloqi qaysi holatlarda «go‘zal» deb ataladi?
    Inson o‘zini munosib tutsa, shirinmuomala bo‘lsa va atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lsa, uning axloqi go‘zal deyiladi.
  •  15
  • «Axloqi va muomalasi go‘zal inson — insonlarning eng sarasidir» degan fikrni qanday tushunasiz?
    Bu dunyoda insonning eng katta boyligi va uning qadrini belgilovchi asosiy mezon — bu uning chiroyli xulqi va odobidir.
  •  15
  • Nima uchun biror kishi bilan do‘st bo‘lishdan avval uning axloqiy fazilatlariga e’tibor berish kerak?
    Chunki do‘stning xulqi insonga ta’sir qiladi; yomon xulqli do‘st sizni ham noto‘g‘ri yo‘lga boshlashi mumkin.
  •  15
  • Axloqsiz odatlari bor insonlardan nega uzoqroq yurish tavsiya etiladi?
    Ularning yomon odatlari sizning fe’l-atvoringizga va jamiyatdagi obro‘yingizga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun.
  •  15
  • Barcha yaxshiliklar nimaning ichida mujassam?
    Barcha yaxshilik xushxulqlikdadir.
  •  15
  • «Dildagi g‘ashlik va odamlar ko‘ziga uyatli ish» nimaning belgisi hisoblanadi?
    Bu gunoh va yomon axloqning belgisidir.
  •  15
  • Abulqosim Firdavsiyning baytida inson o‘z aybini bilsa, nima qilmasligi aytilgan?
    O‘z aybini bilgan odam boshqalarning aybini qidirib yurmaydi va ularni yomonlamaydi.
  •  15
  • Rivoyatdagi donishmand nima sababdan hamma tomonidan hurmat qilinardi?
    Uning donoligi, hayotiy tajribasi va hamma savollarga to‘g‘ri javob topa olishi uchun.
  •  15
  • Hasadgo‘y odamning maqsadi nima edi?
    Donishmandni ko‘pchilik oldida uyaltirib, uni bilmasvoyga chiqarish
  •  15
  • Hasadgo‘yning rejasi qanday edi?
    Kapalakni kaftida tutib, «tirikmi yoki o‘lik?» deb so‘rash. Agar tirik desa, siqib o‘ldirmoqchi, o‘lik desa, uchirib yubormoqchi edi.
  •  15
  • Donishmand hasadgo‘yga qanday javob berdi?
    «Hammasi o‘z qo‘lingda», deb javob berdi.
  •  15
  • Donishmandning javobi nimani anglatadi?
    Insonning taqdiri, qiladigan yaxshiligi yoki yomonligi faqat o‘zining ixtiyorida ekanligini anglatadi.
  •  15
  • Hasadgo‘yning eng katta xatosi nima edi?
    O‘zgalarning obro‘siga hasad qilgani va bir jonivorni o‘z manfaati yo‘lida qurbon qilmoqchi bo‘lgani.
  •  15
  • Donishmandning «Hammasi o‘z qo‘lingda» degan javobida yana qanday ma’no bor?
    Yaxshi yoki yomon odam bo‘lib yashash, hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlash ham insonning o‘z qo‘lida.
  •  15
  • Birgina qilingan axloqsizlik kimningdir hayotini o‘zgartirib yuborishi mumkinmi?
    Ha, yomon xulq yoki nojo‘ya harakat tufayli inson boshqalarning ishonchini yo‘qotishi va kelajagiga zarar yetkazishi mumkin.
  •  15