Edit Game
zakovat 10
 Delete

Use commas to add multiple tags

 Private  Unlisted  Public



 Save

Delimiter between question and answer:

Tips:

  • No column headers.
  • Each line maps to a question.
  • If the delimiter is used in a question, the question should be surrounded by double quotes: "My, question","My, answer"
  • The first answer in the multiple choice question must be the correct answer.






 Save   18  Close
Ularning ijodida “Qurbaqa va shahzoda”, “Mushuk va sichqonning hamkorligi”, “Meriyning bolaligi”ni uchratish mumkin. Savol: Ular kimlar
Aka-uka Grimmlar Izoh: Gap ertaklar haqida ketayotgan edi
Oskar mukofoti taqdirlash marosimidagi eng qisqa nutq 1967-yil Alfred Xichkokka tegishli. Savol: Ushbu nutqni inglizcha 2 so‘z yoki o‘zbekcha 1 so‘zda yozib bering.
Rahmat. Thank you!
Mir Alisher Navoiy hikmati: “Yolg‘on so‘z Undan boshqa yerda nomaqbul va yolg‘onni aytuvchi aqlsizdir”. Savol: Uni toping
She’r.
Oksana Chusovitina o‘z g‘alabalari mehnati, qat’iyati va Undan yasalganini aytadi. Bir mashhur gapda U uchinchi bo‘lib eslangan edi. Savol: Uni 2 so‘zda yozib bering
Ko‘z yosh. Izoh: Uinston Cherchillning mashhur nutqidagi “Qon, ter, ko‘z yosh” jumlasi juda mashhur hisoblanadi.
Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida Ular barcha falak ziyoratchilari, Ular nafsning barcha chirkinlaridan pokdirlar deb aytadi. Savol: Navoiy Ular deb nimalarga ta’rif bergan?
Farishtalar.
“Sokin hudud” kinofilmida odamlar tovushga o‘ta sezgir bo‘lgan o‘zga sayyoraliklardan berkinishadi. Sahnalardan birida deyarli bo‘m-bo‘sh supermarket ko‘rsatiladi, biroq Ular joylashgan javonlar tegilmasdan to‘lib turar edi. nima
Chipslar. Izoh: Chipslardan yaxshigina shovqin chiqishini bilsangiz kerak
Navoiy hazratlari “Mahbub ul-qulub” asarida: U - kichik yoshlilarni kattalar duosiga sazovor etadi. U- yoshlarni ko‘zga ulug‘ qilib ko‘rsatadi. U - odam tabiatiga insoniylik baxsh etadi, deb ta’rif bergan. U nima
Odob
“Ko‘ryapsizmi, qanday xaos va qanday tartibsizlik. Yunon, arab, hind, fors, lotin, slavyan so‘zlari, ma’bud va ma’budalar, yulduzlar, sayyoralar, shaharlar, mamlakatlar, familiyalar - chuqur o‘ylanmagan va tartibga solinmagan”. Nima bu
Mendeleyev jadvali.
Artur Shopengauer shunday deydi: “Odamlar Unga o‘xshaydi, siz faqat ularning bir tomonini ko‘rasiz. U nima
Oy
Yaqinda Buyuk Britaniyada irqchilikka qarshi kurash doirasida ushbu iqtisodiy termindan voz kechildi. Bu terminning kelib chiqishiga Unda noqonuniy savdo amaliyotlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq. Savol: Bu qaysi termin?
Qora bozor. Izoh: Qora tanlilarni huquqlari himoya qilish maqsadida bu termindan voz kechishgan
2013-yilda germaniyalik olim Nins Shtal bu shaharda pishiriluvchi nonlarning 200 dan ortiq xili haqida dissertatsiya yozgan, Qaysi shahar
Toshkent
U yosh bolalar organizmida 80,6% ni, yoshi katta odamlarda 75,9% ni, va keksalarda 70%ni tashkil etar ekan. Savol: Gap nima haqida bormoqda?
Tanadagi suv miqdori.
to‘rtlikni tinglang: Siz yil sayin o‘sasiz, U-chi nurga qaraydi. Kichraysada jussasi, Hamrohlikka yaraydi. Savol: ushbu she’rda ta’riflangan hamroh nima
Soya.
Shahar nomlarini yozib oling: Xenchen, Yanchi, Anbiyan, Finchjen, Yanchas… Savol: Ularni birlashtiruvchi obyektni uch so‘zda yozib bering
Buyuk xitoy devori.
Avstraliyalik aborigenlar Uni “ertalab kuladigan qush” deb atashgan. Savol: Uni yozib bering
Xo‘roz
Mashhur adib Pasternak unga shunday ta’rif beradi: “U yonayotgan, o‘rtanayotgan vijdonning to‘rtburchak bo‘lagidir”. Savol: O‘zingizdan uzoqlashmagan holda javob bering, adib nimaga nisbatan yuqoridagi ta’rifini qo‘llagan
Kitob.
Matematik jumboq: Uchta yog‘ochning 6 ta uchi bor. Beshta yog‘ochning 10 ta uchi bo‘lsa, besh yarimta yog‘ochning nechta uchi bor?
12 ta. Izoh: Yarimtaning ham 2 ta uchi bo‘ladi
Ibroyim Yusupovdan to‘rtlik: Hamma a’zo to‘zar, U to‘zmas biroq, Muchalarning kuchlisin U deb atadim. U yerim og‘ridi deb tabibga qatnab, Shifo topib yurgan odam ko‘rmadim. U nima
Til.