Game Preview

zakovat 10

  •  Uzbek    18     Public
    ilm
  •   Study   Slideshow
  • Ibroyim Yusupovdan to‘rtlik: Hamma a’zo to‘zar, U to‘zmas biroq, Muchalarning kuchlisin U deb atadim. U yerim og‘ridi deb tabibga qatnab, Shifo topib yurgan odam ko‘rmadim. U nima
    Til.
  •  15
  • Matematik jumboq: Uchta yog‘ochning 6 ta uchi bor. Beshta yog‘ochning 10 ta uchi bo‘lsa, besh yarimta yog‘ochning nechta uchi bor?
    12 ta. Izoh: Yarimtaning ham 2 ta uchi bo‘ladi
  •  10
  • Mashhur adib Pasternak unga shunday ta’rif beradi: “U yonayotgan, o‘rtanayotgan vijdonning to‘rtburchak bo‘lagidir”. Savol: O‘zingizdan uzoqlashmagan holda javob bering, adib nimaga nisbatan yuqoridagi ta’rifini qo‘llagan
    Kitob.
  •  15
  • Avstraliyalik aborigenlar Uni “ertalab kuladigan qush” deb atashgan. Savol: Uni yozib bering
    Xo‘roz
  •  10
  • Shahar nomlarini yozib oling: Xenchen, Yanchi, Anbiyan, Finchjen, Yanchas… Savol: Ularni birlashtiruvchi obyektni uch so‘zda yozib bering
    Buyuk xitoy devori.
  •  15
  • to‘rtlikni tinglang: Siz yil sayin o‘sasiz, U-chi nurga qaraydi. Kichraysada jussasi, Hamrohlikka yaraydi. Savol: ushbu she’rda ta’riflangan hamroh nima
    Soya.
  •  15
  • U yosh bolalar organizmida 80,6% ni, yoshi katta odamlarda 75,9% ni, va keksalarda 70%ni tashkil etar ekan. Savol: Gap nima haqida bormoqda?
    Tanadagi suv miqdori.
  •  15
  • 2013-yilda germaniyalik olim Nins Shtal bu shaharda pishiriluvchi nonlarning 200 dan ortiq xili haqida dissertatsiya yozgan, Qaysi shahar
    Toshkent
  •  15
  • Yaqinda Buyuk Britaniyada irqchilikka qarshi kurash doirasida ushbu iqtisodiy termindan voz kechildi. Bu terminning kelib chiqishiga Unda noqonuniy savdo amaliyotlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq. Savol: Bu qaysi termin?
    Qora bozor. Izoh: Qora tanlilarni huquqlari himoya qilish maqsadida bu termindan voz kechishgan
  •  15
  • Artur Shopengauer shunday deydi: “Odamlar Unga o‘xshaydi, siz faqat ularning bir tomonini ko‘rasiz. U nima
    Oy
  •  10
  • “Ko‘ryapsizmi, qanday xaos va qanday tartibsizlik. Yunon, arab, hind, fors, lotin, slavyan so‘zlari, ma’bud va ma’budalar, yulduzlar, sayyoralar, shaharlar, mamlakatlar, familiyalar - chuqur o‘ylanmagan va tartibga solinmagan”. Nima bu
    Mendeleyev jadvali.
  •  20
  • Navoiy hazratlari “Mahbub ul-qulub” asarida: U - kichik yoshlilarni kattalar duosiga sazovor etadi. U- yoshlarni ko‘zga ulug‘ qilib ko‘rsatadi. U - odam tabiatiga insoniylik baxsh etadi, deb ta’rif bergan. U nima
    Odob
  •  20
  • “Sokin hudud” kinofilmida odamlar tovushga o‘ta sezgir bo‘lgan o‘zga sayyoraliklardan berkinishadi. Sahnalardan birida deyarli bo‘m-bo‘sh supermarket ko‘rsatiladi, biroq Ular joylashgan javonlar tegilmasdan to‘lib turar edi. nima
    Chipslar. Izoh: Chipslardan yaxshigina shovqin chiqishini bilsangiz kerak
  •  20
  • Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida Ular barcha falak ziyoratchilari, Ular nafsning barcha chirkinlaridan pokdirlar deb aytadi. Savol: Navoiy Ular deb nimalarga ta’rif bergan?
    Farishtalar.
  •  15
  • Oksana Chusovitina o‘z g‘alabalari mehnati, qat’iyati va Undan yasalganini aytadi. Bir mashhur gapda U uchinchi bo‘lib eslangan edi. Savol: Uni 2 so‘zda yozib bering
    Ko‘z yosh. Izoh: Uinston Cherchillning mashhur nutqidagi “Qon, ter, ko‘z yosh” jumlasi juda mashhur hisoblanadi.
  •  20
  • Mir Alisher Navoiy hikmati: “Yolg‘on so‘z Undan boshqa yerda nomaqbul va yolg‘onni aytuvchi aqlsizdir”. Savol: Uni toping
    She’r.
  •  15