Yangi musulmon yil hisobi – hijriy yil taqvimi qachon joriy etiladi?
637-yil aprelda
661-yilda hokimiyatni Umaviylar sulolasi asoschisi ... egallaydi.
Muoviya I
Uning boshqaruvi davrida Arabiston yarimoroli aholisi Islomni to‘liq qabul qiladi, Iroq va Suriya fath etiladi, mamlakatni boshqarish uchun Maslahat kengashi tashkil qilinadi. Ushbu ma'lumotlar kim haqida?
Abu Bakr (632–634)
Arablarning shimolga siljishlari 732-yil qaysi jangda to‘xtatiladi?
Puate jangida
Xalifalikning Jabal at-Tariq boshchiligidagi qo‘shini 711–714-yillari Pireney yarimorolidagi (hozirgi Ispaniya) qaysi davlatni bo‘ysundiradi?
Vestgot qirolligini
Umaviylar davrida poytaxt qaysi shahar bo'lgan?
Damashq
Xalifalikdan ilk mustaqil amirlik Ispaniyada nechanchi yili ajralib chiqadi?
756-yili
Uning davrida Vizantiya qo‘shinlari mag‘lub etilib, bir necha yilda Suriya, Falastin, Misr, Eronning katta qismi va O‘rta Yer dengizining Afrika sohillari zabt etiladi. Ushbu ma'lumotlar kim haqida?
Umar (634–644)
Uning davrida Eron Sosoniylari davlatini fath etish tugallanib, Amudaryo sohillariga chiqishdi, musulmonlarning Tunis va Kavkazorti o‘lkalaridagi mavqei mustahkamlanadi. Ushbu ma'lumotlar kim haqida?
Usmon (644–656)
Kimning xalifaligi davrida Qur’oni karim matni to‘planib, bir butun kitob shakliga keltiriladi?
Usmon (644–656)
"Xalifa" so'zining ma'nosi?
“o‘rinbosar”
Abbosiylar sulolasining eng mashhur xalifasi?
Horun ar-Rashid (786–809)
Saljuqiy turklar qachon Bag‘dodni egallab, xalifani dunyoviy vazifalardan chetlatadi?
1055-yili
Arab xalifaligini 656–661–yillarda kim boshqargan?
Ali ibn Abu Tolib
Arab xalifaligini qaysi sulolalar boshqargan?
Umaviylar (661–750) va Abbosiylar (750–1258) sulolalari
"Bag‘dod" so'zining ma'nosi?
“Xudoning in’omi”
Mo‘g‘ul xoni ... 1258-yilda Bag‘dodni egallagandan so‘ng, Arab xalifaligi barham topadi.
Xuloku
Xalifalikdan ilk mustaqil amirlik Ispaniyada ajralib chiqadi va ushbu amirlik X asrdan qanday nom oladi?
Qurdoba (Kordova) amirligi
"Xulafoi roshidinlar" qanday ma'noni anglatgan?
“to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar”
Alining tarafdorlari ..., raqiblari esa ... nomini olishgan.
shialar, xorijiylar
Rasmda kim tasvirlangan?
Horun ar-Rashid
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.