o‘quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki bo‘limlarining o‘zlashtirilganini tekshirish qaysi nazorat turi hisoblanadi?
Oraliq nazorat
Pedagogika fanining obyekti _____?
Yaxlit pedagogik jarayon
o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, kompetentlikni tarkib toptirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Ta'lim
o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir.
Tushuntirish
Kar va gung tarbiyalanuvchilar ta`lim tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi pedagogika sohasi nomi.
Surdopedagogika
Shaxs rivojlanishida 3 muhum omil qaysilar?
Irsiyat, muhit, tarbiya
pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o‘rganadi.
Tarbiya nazariyasi
Monitoring atamasining ma'nosi nima?
Uzluksiz kuzatish
o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning har bir o‘quv ishini muntazam nazorat qilishni hamda ularning o‘rganilgan mavzularni o‘zlashtirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini tekshirishni o‘z ichiga oladi.
Joriy nazorat
Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha nima deb ataladi.
Kategoriya
o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi.
Didaktik o'yin
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishiga katta xissa qo'shgan olim kim?
Kommenskiy
o‘qitish metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni.
Ta'lim usuli
shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish layoqati.
Ko'nikma
ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Ma'lumot
psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Shaxs
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.