Study

Moliya huquqi

  •   0%
  •  0     0     0

  • Kimlar soliqlarni banklar orqali naqd pulsiz shaklda toʻlaydi.
    Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar
  • Soliq imtiyozlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin koʻpi bilan necha foizgacha kamaytirish tarzida va koʻpi bilan qancha muddatga berilishi mumkin.
    koʻpi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.
  • Soliq bazasining oʻlchov birligiga nisbatan hisoblanadigan soliqning foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorini ifodalaydi.
    Soliq stavkasi
  • Qaysi soliq boʻyicha imtiyozlar, shu jumladan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining hududiga olib kirilishida (importida) soliq solishdan boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan, berilishi mumkin emas.
    Qoʻshilgan qiymat soligʻi
  • Tugagandan keyin soliq bazasi aniqlanadigan hamda toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi hisoblab chiqariladigan kalendar yil yoki boshqa davr tushuniladi.
    Soliq davri
  • Jami daromadning tarkibiga nimalar kiradi?
    1) mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar; 2) mulkiy daromadlar; 3) moddiy naf tarzidagi daromadlar; 4) boshqa daromadlar
  • Soliq agentlari uchun hisobot davri qancha muddat?
    1 oy
  • Mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik xususiyatga ega boʻlgan boshqa holat boʻlib, u mavjud boʻlganda soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik soliq toʻlovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi.
    Soliq solish obyekti
  • Soliq imtiyozlari qanday xususiyatga ega boʻlishi mumkin emas.
    Individual
  • Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining soliq toʻlovchilari deb eʼtirof etiladi?
    1) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar; 2) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi norezident jismoniy shaxslar
  • Qanday toʻlovlarini toʻlash majburiyati soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatga tenglashtiriladi.
    Boʻnak toʻlovlarini
  • Agar yuridik shaxs 1-dekabrdan 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda tashkil etilgan boʻlsa, uning uchun soliq davri qanday hisoblanadi?
    tashkil etilgan kundan eʼtiboran tashkil etilgan yildan keyingi kalendar yilning oxirigacha boʻlgan davr uning uchun birinchi soliq davri deb eʼtirof etiladi.
  • Turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy-kurort obyektlari egallagan yer uchastkalariga nisbatan qaysi soliqlarning kamaytirilgan soliq stavkalarini belgilash yoki soliq toʻlashdan ozod qilish huquqiga ega.
    Mol-mulk soligʻi va yer soligʻining
  • Jami daromad soliq toʻlovchi tomonidan hisobot (soliq) davri davomida olingan qanday daromadlardan tashkil topadi?
    1) rezidentlari uchun — Oʻz.R. va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlardan; 2) norezidentlari uchun — Oʻz.R. manbalardan olingan daromadlardan.
  • Soliq elementlariga nimalar kiradi?
    1) soliq solish obyekti; 2) soliq bazasi; 3) soliq stavkasi; 4) soliq davri; 5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi; 6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi; 7)
  • Soliq solish obyektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatini ifodalaydi.
    Soliq bazasi
  • Agar yuridik shaxs kalendar yil boshlanganidan keyin, lekin shu yilning 1-dekabriga qadar tashkil etilgan boʻlsa, uning uchun soliq davri qaysi muddatlarni o'z ichiga oladi?
    Tashkil etilgan kundan eʼtiboran shu yilning oxiriga qadar boʻlgan davr birinchi soliq davri deb eʼtirof etiladi.
  • Soliq toʻlovchilar va soliq agentlari soliq organlariga soliq hisobotini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni qancha muddatgacha saqlashi shart?
    hisobot taqdim etilgan yildan keyin kamida uch yil