Study

Islom moliya huquqi

  •   0%
  •  0     0     0

  • “Sukuk” so‘zi nimani anglatadi?
    Arabcha “sakk” so‘zining ko‘pligi bo‘lib, “akt”, “hujjat” yoki “chek” ma’nosini bildiradi.
  • Shariat kuzatuv kengashining vazifasi nima?
    Sukukning shariat tamoyillariga muvofiqligini nazorat qilish va tasdiqlash.
  • Mushoraka sukukning mohiyati nimada?
    Investorlar sheriklik asosida loyihaga kapital kiritib, foyda va zararni birgalikda taqsimlaydilar.
  • Zamonaviy davrda birinchi muvaffaqiyatli sukuk qaysi mamlakatda chiqarilgan?
    Malayziyada, 1990-yilda.
  • Sukuk va an’anaviy obligatsiya o‘rtasidagi asosiy farq nima?
    Sukuk real aktivlarga asoslanadi, obligatsiya esa foizli qarzga asoslanadi.
  • Sukukning asosiy maqsadi nima?
    Shariat tamoyillariga muvofiq tarzda investitsiyalarni jalb qilish va foyda olishni ta’minlash.
  • O‘zbekistonda “Halol” belgisi bilan sertifikatlash qachondan kuchga kiradi?
    2025-yil 1-maydan.
  • “Yashil sukuk”ning asosiy maqsadi nimada va u shariat tamoyillari bilan qanday uyg‘unlashadi?
    Yashil sukuk” ekologik barqaror loyihalarni (masalan, qayta tiklanuvchi energiya, energiya tejovchi texnologiyalar) moliyalashtiradi.
  • SPV (Special Purpose Vehicle) nima?
    Maxsus maqsadli korxona bo‘lib, loyihani amalga oshirish va boshqarish uchun tuziladi.
  • Birinchi tarixiy sukuk bitimi qachon va qayerda amalga oshirilgan?
    Eramizning VII asrida Suriyaning Damashq shahrida.
  • Islom moliya huquqida sukukni “islomiy obligatsiya” deb atash to‘liq to‘g‘rimi? Nima uchun bu atama sukuk mohiyatini to‘liq ifodalay olmaydi?
    “islomiy obligatsiya” atamasi to‘liq to‘g‘ri emas, chunki obligatsiya qarzga asoslangan bo‘lib, foiz (ribo)ni o‘z ichiga oladi.
  • Sukuk qanday aktivlarga asoslanadi?
    Real aktivlarga — masalan, ko‘chmas mulk, infratuzilma loyihalari yoki biznes faoliyatiga.
  • AAOIFI tomonidan ishlab chiqilgan asosiy sukuk turlaridan uchtasini nomlab, ularning har biri qisqacha qanday asosda ishlashini tushuntiring.
    Ijara sukuk,salam sukuk, muzoraba sukuk
  • Shariat kuzatuv kengashi va shariat auditi o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
    Biri maslahat va tasdiq beruvchi, ikkinchisi esa tekshiruvchi organdir.