Study

zakovat 6

  •   0%
  •  0     0     0

  • Ispan haziliga ko‘ra, bu meva Ispaniyaga advokatlar tomonidan olib kelingan. Ba’zi manbalarga ko‘ra bu mevani alligator noki deb ham atashadi
    Avokado
  • Syomka jarayonida Sofi Lorenga U berilganida aktrisa “rahmat lekin shart emas, chunki soxta ko‘z yoshlar tez qurib qoladi” deya javob qaytargan. U XVII asr boshlaridagi manbada qahramonlardan birining o‘limiga sababchi bo‘ladi. u nima
    Ro‘molcha
  • Sovet Ittifoqida paxta “oq oltin” deb atalgan. 19-asr Afrikada U ham “oq oltin deya” eʼtirof etilgan. Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering.
    Fil suyagi.
  • Asardagi Qosim aytgan noto‘g‘ri variantlar orasida bug‘doy, suli va arpa kabilar mavjud edi. Savol: O‘sha vaziyatda to‘g‘ri aytilishi kerak bo‘lgan takror so‘zni yozib bering.
    sim-sim.
  • 1998-yilda “Burning Man” festivaliga borishdan oldin Larri Peyj va Sergey Brin kompaniya logotipiga o‘zgartirishlar kiritishga ahd qilishdi. Savol: Ular qaysi kompaniyaning asoschilari hisoblanishadi?
    Google.
  • Yurtimizdagi jalyuzi sotish bilan shug‘illanadigan do‘kon nomida bu hayvon borligi mantiqiylik hosil qilgan. Nomida bu hayvon bo‘lgan texnologik kompaniya shtrix-kodlar skanerlari bilan ham shug‘ullanadi. qaysi hayvon
    Zebra
  • Jyul Vern “Klodius Bombarnak” romanida O‘zbekiston shaharlari haqida so‘z yuritib ushbu shaharni “Turkiston Rimi” deya taʼriflaydi. Bu qaysi shahar
    Buxoro
  • Ikkinchi jahon urushi davom etayotgan paytlar, 1944-yilning yozida G‘arbiy frontdagi nemis bo‘linmalarida lochinlardan iborat maxsus polklar tuzilgan. ularni vazifasi nima
    Javob:(Pochtachi) kabutar.
  • Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasida Amir Temur “Biz uchun ulkan zamin U” deya ta’kidlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra sohibqironda Uning odatdagidan kattaroq ko‘rinishi mavjud bo‘lgan. u nima
    Shatranj taxtasi.
  • U nomli sport termini soʻzma-soʻz “chuqur ustida toʻxtash” deb tarjima qilinadi. U boʻyicha jahon rekordi 1.82 sekund boʻlib 2019-yilda Braziliyada qayd etilgan. u nima
    Pit-stop.
  • davlat ishida ish jarayoni bir xilligidan doim unga o'xshatishadi. u nima yoki film
    Sug‘ur kuni
  • 1980-yillarda Nabisco kompaniyasi mahsulotidagi “Tashqi qora, ichi oq” degan reklama shiori afroamerikaliklar hamjamiyatini juda g‘azablantiradi. qaysi shirinlik
    Oreo
  • U 1940-yildagi Adolf Gitlerga parodiya qilgan holda Adenoid Xinkatigael obrazini yaratadi. Gitler o‘zini masxara qilgan film uchun Uni shaxsiy dushmanlari ro‘yx kiritadi. Britaniyalik inson kim
    Charli Chaplin.
  • Juda rivojlangan eshitish qobiliyatiga ega Ular bir-birlariga ismlari bilan murojaat qiladilar. Bu esa ularning rivojlangan aqlidan darak beradi. qaysi jonzot
    Delfin.
  • “Titanlarga hujum” mangasi dunyosi bizning dunyomizning aksi hisoblanadi. Shuning uchun BU ISH KUZATILADI. Sunnatga ko‘ra faqat qiyomat kelganda BU ISH KUZATILADI. qaysi
    Quyoshning g‘arbdan chiqishi
  • Oranda - bu akvariumda boqiluvchi dekorativ baliq zoti bo‘lib, boshidagi o‘ziga xos shakl va rangi sababli U deb ataladi. Sharl Perroning mashhur asari nomi ham U. u nima
    Qizil qalpoqcha
  • 2020-yilning 20-mayida bu maskan rasman ochilgani e’lon qilindi. Bu maskanda mashhurlar qatorida Aleksandr Faynberg, To‘lapbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupovlarni han ko‘rish mumkin. qayer
    Adiblar xiyoboni.
  • O‘yinning nomi “shaxta va qazimoq” so‘zlari qo‘shilishidan paydo bo‘lgan. Savol: Bu o‘yin nomini yozib bering.
    Minecraft.