Study

Matematika

  •   0%
  •  0     0     0

  • 1997 yilda tug'ilgan nevarasi bobosidan 59 yosh kichik. Bobosi nechanchi yilda tug‘ilgan?
    1938 yilda.
  • Baliqchi baliq tutib oldi. Uning aytishicha, baliq dumining vazni 1 kg, boshi esa dumi va tana og’irligining yarmicha, tanasi esa dumi va boshining birgalikdagi vaznicha. Ushbu baliq vazni necha kg?
    8kg
  • Ikki sonning yig‘indisi birinchi qo'shiluvchidan 5 marta ko'proq. Ikkinchi qo‘shiluvchi birinchi qo‘shiluvchidan necha marta ko‘proq?
    4 marta
  • Har bir marslik odamning uchtadan qo'li bor. O‘nta marslik odam qator turishdi va har biri yonidagi sherigining qo'lidan tutdi. Nechta qo‘l bo'sh qoldi.
    12 ta qo‘l bo'sh qoldi.
  • Bitta tuxum 4 daqiqa qaynatildi. 6 ta tuxumni necha daqiqa qaynatish mumkin?
    4 daqiqa
  • Termiz shahridan Toshkentgacha samolyot 1 soat-u 10 daqiqa, orqaga esa 70 daqiqa uchadi. Bunday farqni tushuntiring.
    1 s 10 daqiqa = 70 daqiqa.
  • Oilada beshta o‘g‘il, ularning har birida bittadan singil bor. Oilada necha farzand bor?
    6 ta farzand
  • Bir doira ichiga necha burchak joylashtirish mumkin?
    Hech biri – doirada burchak bo‘lmaydi.
  • Besh kishi o'rtasida beshta olmani bo'lish kerak, ammo baribir savatda bitta olma qolishi kerak. Buni qanday am alga oshirish mumkin?
    Bir kishiga olma savati bilan beriladi.
  • 9999 sonlari orasiga amallar belgisini shunday qo‘yingki, natijada 10 soni hosil bo'lsin
    (99 - 9 ): 9
  • To'rtta qo'y, qo‘y oldida to'rtta qo'y, qo‘y ortida o‘rtasida esa bitta qo'y. Yo'lakdan jami nechta qo‘y ketmoqda?
    5 ta qo‘y
  • Ikki ota va ikki o‘qil uchta quyon otishdi. Ulaming har biri nechta quyon otgan bo’lishi mumkin?
    bittadan, chunki ular bobo. ota va o'g'il edilar.