Oqtepa, Uchqo'rg'on, Davlatobod. Bular qo'shib yozishni qaysi qoidasi
Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so'zi bilan yasalgan joy nomlari qo'shib yoziladi
Sekin-sekin. Bu so'zda chiziqcha nega ishlatilgan?
Juft va takror so'zlar orasida chiziqcha ishlatiladi
bu so'zni to'g'ri yozing: qo'llamma
qo'llanma
Agar S va h harflari yonma-yon kelib, alohida tovushlarni ifodalaganda... Davom ettiring
orasiga tutuq belgisi qo'yiladi
tussiz-mi yoki tuzsiz-mi?
tuzsiz
Qaysi biri to'g'ri? Shohanshoh yoki shahanshox
Shohanshoh
"a" va "i" unlilari bilan tugagan fe'llarga qaysi qo'shimcha qo'shilganda tovush o'zgaradi
-v, -q, -qi, -vchi
-da, - dan, -di qo'shimchalari jarangsiz undoshlarga qo'shilsa nima bo'ladi?
-ta, -tan, -ti ga o'zgaradi
Tog' qanchalik baland bo'lmasin, ortga qaytma: odimlasang, zabt etasan; ish qanchalik ulkan bo'lsa-da, chekinma: bajara boshladingmi-ado etasan. Bu gapdagi qator undoshli so'zlarni toping
Baland, ortga, qaytma, zabt,
mu-do-fa-a. Bu satrga to'g'ri ko'chirilganmi? Aslida qanday bo'ladi
Yo'q. Mu-do-faa
Qaysi biri to'gri: ko'rding-mi yoki ko'rdingmi
ko'rdingmi
Qaysi biri to'g'ri? Buzoqboqar yoki buzoq boqar
Buzoqboqar
ko'-ngil. Bu so'z to'g'ri bo'g'inga ko'chirilganmi?
Ha
Bilan va uchun so'zlarining qisqargan -la va -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi. Shu qoidaga misol keltiring
onam-la, sen-chun...
Qaysi biri to'g'ri yozilgan? eshikka yoki eshikga?
eshikka
Ch harflar birikmasi jaranglimi yoki jarangsizmi?
Jarangsiz
Qaysi so'zlar yordamida yasalgan so'zlar qo'shma so'zlar deyiladi va qo'shib yoziladi? 5ta sanab bering
Xona, noma, poya, bop, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab, aro
Xatoni toping: 9-may - xotira kuni.
xotira kuni - Xotira kuni
Qaysi biri to'g'ri? dorvoz yoki dorboz
dorboz
Qo'sh undoshli so'zlar qanday so'zlar?
Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so'zlar
Bir//pas. Bu so'z qo'shib yoziladimi yoki ajratib
Qo'shib
Qator undoshli so'zlar qanday so'zlar?
Bir bo'g'inda yonma-yon ikki xil undosh kelgan so'zlar
Qaysi qo'shimchalar uch xil yoziladi va aytiladi? Misollar keltiring
"G" tovushi bilan boshlanadigan qo'shimchalar. Borgan, eshikka, chiqqan
Qo'sh undoshli so'zga misol keltiring
quvvat, chaqqon, gramm, metall...
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.