Uning qishloqda tug'ilganligi uning ijodiga qanday ta'sir ko'rsatgan?
Qishloqda tug'ilib o'sganligi uning ijodida o'z aksini topgan she'rlari qishloqda ko'rganlariga oid bo'lgan.
Uning adabiy faoliyati qachon boshlangan?
Uning adabiy faoliyati yoshligidan, taxminan besh yoshidan boshlangan. O'n yoshida she'rlar yoza boshlagan.
Yeseninning ota-onasi kim bo'lgan?(ismi)
Yeseninning otasi Aleksandr Nikitich Yesenin, onasi esa Tatyana Fyodorovna Titova bo'lgan.
Yeseninning eng mashhur asarlari qaysilar?
Yeseninning eng mashhur asarlari orasida "Anna Snegina", "Qora odam", "Fors ohanglari", "Moskva meyhonxona"si" va ko'plab lirik she'rlari bor.
U qayerda tahsil olgan?
U dastlab qishloqdagi o'qituvchilar seminariyasida, keyin Moskvada A.L. Shanyavskiy nomidagi xalq universitetida tahsil olgan.
Uning ijodiga qanday adabiy oqimlar ta'sir ko'rsatgan?
Uning ijodiga rus xalq og'zaki ijodi, yangi dehqon shoirlari va keyinchalik imažinizm kabi adabiy oqimlar ta'sir ko'rsatgan.
Uning she'rlari qayerda nashr etilgan?
Moskva jurnallarida bosilib, mashhur bo'lgan.
Yesenin qachon armiya safiga chaqirilgan?
1916-yilda armiya safiga chaqirilgan.
Yeseninning ilk she'rlar to'plami qanday nomlangan va qachon nashr etilgan?
Yeseninning ilk she'rlar to'plami "Radunitsa" deb nomlangan va 1916-yilda nashr etilgan.
Uning to'liq ismi sharifi qanday?
Uning to'liq ismi sharifi Sergey Aleksandrovich Yesenin.
Sergey Yesenin qachon va qayerda tug'ilgan?
Sergey Yesenin 1895-yil 3-oktabrda (eski taqvim bo'yicha 21-sentabrda) Rossiya imperiyasining Ryazan guberniyasidagi Konstantinovo qishlog'ida tug'ilgan.
Sergey Yesenin qachon vafot etadi?
1925-yil, 28-dekabrda.
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.