.................. vaqtda bola-chaqali bo‘lganingni ko‘ray.
koʻzim ochiq
Umr degan narsa .......... o‘tib ketar ekan.
koʻz ochib yumguncha
Shu paytgacha butun jamiyat ............. kelgan muammolarni yoritmoqchimiz, ularga yechimlar taklif qilmoqchimiz. Odamlar bunga befarq boʻlmasliklari uchun harakat qilmoqchimiz
koʻz yumib
Mehmonlardan biri, yosh bolalarni toʻplab, sheʼr oʻqib berayotgan bir juvonga taʼna qildi: — Musobaqada ........ bilan yutgan ekansiz-da, Toʻtixon!
koʻz boʻyash, koʻzini boʻyash
Xolidaning hozirgidek ............ bo‘lib, to‘rt tomonni ko‘rganda, Qorining changaliga tusharmidi!
koʻzi ochiq
Manovi kuchukni oʻldirishga .......... turibdi. Qaramaysanmi, chiyaboʻriday yopishib olganini.
koʻzim qiymay
Salim bu tilla zanjirni birinchi koʻrgandayoq ........... edi. Unga ega chiqishiga ishonardi.
koʻz ostiga olib qoʻygan
Eski alam Ergashning yodiga tushib, g‘azabga keladi, ........
koʻzi qonga toʻladi
Rangi quv o‘chib, yupqa lablari titrab, ............. ketdi.
koʻzlarining paxtasi chiqib
Endi ......... deguncha, zambilda bemajol yotgan haligi bolaning nursiz basharasi koʻz oldiga kelar edi-da, uyqusini qochirib yuborardi.
koʻzi ilindi
Siz yaramas odamsiz! Sizda vijdon degan narsa yo‘q! ............, boshimga ish tushganda qochdingiz.
koʻzimning yogʻini yeb
Uy bekasining ..........., – dedi Asqar iymanganday qizarib. Tez ich, ketamiz. Qo‘rqyapti bizdan, – dedi Ali tajang.
koʻziga choʻp boʻldik
Bo‘taboy nima deyishini bilmay, yordam so‘rab Safarovga ...........
koʻz qirini tashladi
.............. ishga tushaversak, bitib qolganini sezmay qolamiz.
koʻzni chirt yumib
To‘yga kelgan xotinlar nima bo‘lsa ham domlaning ......o‘rigidan bir-ikkita uzib yeyishni niyat qilib qo‘yishgan ekan.