Boshqa bir versiyaga koʻra, bu inson Grenthem shahridagi maktabda oʻqib yurgan paytida sinfdoshi uning boshiga zarba bergan. Shundan soʻng bu inson avvalgidan yaxshiroq oʻqiy boshlagan. Savol: Bu inson kim?
Javob:Isaak Nyuton.
2011-yilda bu filmning premyerasi uchun Sony kompaniyasi Ispaniyaning Huskar qishlogʻini 4000 litr boʻyoq bilan yorqin koʻk rangga boʻyab chiqishgan. Savol: 2011-yilda suratga olingan film nomini yozib bering
Smurflar.
1982-yil Folklend urushi paytida inglizlar Ularni dushman suvosti kemalari deya gumon qilib, Ulardan uchtasini oʻldirishgan. Wikipedia maʻlumotiga ko‘ra, begemotlar Ularning quruqlikdagi eng yaqin qarindoshlari hisoblanadi. u nima
Javob:Kitlar.
Amerikalik dehqonlar qovoq, makkajoʻxori va loviyani birgalikda yetishtirganlar. Bundan yetishtirish usuli U deb atalgan. 1900-yilda yozilgan 4 pardali pyesa nomi ham U. Savol: U oʻrnidagi soʻzlarni raqam ishlatib yozib bering.
Javob:3 opa-singil
Sim kartalar 30 megagerts chastotali protsessorga, 64 kilobayt tezkor xotiraga va bir nechta saqlash joylariga ega qurilmadir. Sim kartalarni mitti ULAR deyish mumkin. U nima
avob:Kompyuter.
1959-yildan 1960-yil avgust oyigacha amalda boʻlgan Gabon davlati bayrogʻining markazida ingichka sariq chiziqni koʻrish mumkin edi. Bayroqdagi koʻk rang Atlantika okeani bildirgan. Savol: Sariq chiziq nimani ifodalaydi
Javob:Ekvator.
Bu shirinlik Xitoyda miloddan avvalgi 206-220 yillarda paydo boʻlgan. Xitoyliklar bu shirinlikni ajdar soqoli deb atashgan. Savol: Bu shirinlik nomini unli harflari bir xil boʻlgan soʻzda yozib bering.
Javob:Paxtaqand.
Bollivudning ARI nomli filmi syujetiga koʻra, oddiy va kuchsiz boʻlgan personaj toʻxtamasdan, oxirigacha harakat qilsa, borib-borib eng kuchli qahramonga aylanadi. BU nima
Farzin.
U qadimda 100 dona arpa donining ogʻirligiga teng deb hisoblangan. Mozambik davlatining milliy pul birligi boʻlgan “metikal”ning nomi arab tilidagi Undan kelib chiqqanligi aytiladi. u nima
Javob:Misqol.
Moʻgʻul xalqida bizda ham mavjud boʻlgan bu iboraning davomi mavjud. Iborada hech qachon echkining shoxlari osmonga yetmasligi aytiladi. Savol: Bizdagi iborada tilga olingan jonzotni yozib bering.
Tuya
Alisher Navoiy asarlari lug‘atida yozilishicha, SHUMSHUK so‘zi “pisib, poylab, tikilib yotgan” ma’nosini anglatadi. Savol. SHUMSHUK haqidagi maqolada qaysi hayvon nomini ham ko‘rish mumkin?
Javob:Mushuk. Izoh: Mushuk so‘ziga SHUK so‘zi asos bo‘lgan.
Qadimda odamlar UNING oʻrnida novdalardan foydalanishgan. Uning elektr yordamida ishlaydigan turi 1960-yillarda BROXODENT brendi ostida sotila boshlangan. Savol. UNI ikki soʻzda yozib bering.
Javob:Tish choʻtkasi.
Havaskor boks o‘yinlarida ULAR qizil yoki ko‘k rangda boʻlishi belgilangan. Savol: ULAR nima ekanligi yozib bering.
Javob:Boks qoʻlqoplari.
Yozuvchi Romen Gari Emil Ajar, Fosko Sinibaldi, Shatan Bog, taxalluslari ostida ijod qilgan. Qizigʻi Romen Gari ism familiyasining oʻzi ham taxallus. Hamkasblari hazillashib Romen Garini bir jonzotga oʻxshatishadi. Savol: Qaysi jonzotga?
Javob:Buqalamun
X.Hamamidov sheri:Ha seni insoniy mardiliging edi Barchani teng koʻrib, ters yurmasliging Va lekin eng mushkul yumushing boshqa Hayvonlar ichida oʻzgarmasliging! Savol: Ushbu sheʼr qaysi adabiy personaj nomi bilan atalgan?
Javob:Maugli.
“Hobbit” filmida orklardan qochib, yanada xavfliroq boʻlgan ulkan boʻrilar toʻdasiga duch kelgan qahramonlar Ushbu iborani ishlatishadi. buni uzb varianti qanaqa
Yomgʻirdan qochib, qorga tutilmoq.
Xitoy anʼanalarida har bir rang ramziy maʼnoga ega. Masalan sariq rang imperatorni, yashil rang daraxtni, qora rang suvni bildiradi. Imperator buyrugʻi saroy ichidagi maʼlum binolar tomi qora rangga boʻyalgan. Bu binolarda nima saqlanadi
Kitob.
Mijozlariga tez xizmat koʻrsatuvchi taksi xizmati U nomini olgan. 1990-yilda suratga olingan film uchun kuylangan U nomli qoʻshiqda qahramonning boshiga bulutlar tegishi aytiladi. Savol: U ni bir soʻzda yozib bering.
Javob:Tulpor. Tangalik bolalar" da Yuragim tulpor boʻlsa, bulut boshimga tegar" degan soʻzlarni aytib oʻtadi.
Your experience on this site will be improved by allowing cookies.