Study

MTI 2-mavzu

  •   0%
  •  0     0     0

  • Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa davlatlarini bog’lovchi qadimgi savdo yo’li-...
    Buyuk ipak yo’li
  • Qaysi davlatda o‘rtacha pensiya oyiga 700-900 yevroni tashkil etadi?
    Ispaniyada
  • Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga ega» ushbu jumlalar qayerda keltirib o'tilgan?
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida
  • O‘zbekistonda davlat pensiya ta'minoti tizimi  qaysi me'yoriy-huquqiy hujjat bilan tartibga solinadi?
    1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida»gi Qonuni
  • Moliya va pulning farqi?
    Moliya — pul bilan bog‘liq barcha masalalar. Pul esa moliyaning bir qismi, xolos.
  • SSSRda 1956 yilgacha pensiya aholining ma'lum bir toifalariga to‘langan. Masalan ... ?
    Qizil armiya safida jang qilib nogiron bo‘lganlarga, yoshi keksa bolsheviklarga, tog‘-kon va tekstil sanoatida ishlagan ishchilarga va h.k.
  • II jahon urushi sabab pensiya to'lash tizimini to'xtatib turgan davlat?
    Yaponiya
  • Qachon «Davlat pensiyasi haqidagi qonun» qabul qilinadi va SSSRda barchaga pensiya to‘lash tartibi joriy etiladi?
    1956
  • Eng ko‘p pensiya qayerda?
    Niderlandiya (81 indeks), Daniya (80,3), Avstraliya (75,3),   Finlyandiya (73,6), Shvetsiya (72,3), Norvegiya (71,2).
  • Qaysi davlatda 350 yevrodan kam pensiya to‘lash mumkin emas?
    Germaniyada
  • O‘zbekistonda ilk pensiya qaysi davrda to‘langan?
    Sobiq Ittifoq davrida
  • Bugun O‘zbekistonda pensiyadan tashqari qanday ijtimoiy to‘lovlar amalga oshiriladi?
    yoshga doir; nogironlik; boquvchisini yo‘qotganlik; dafn marosimi uchun, bola tug‘ilganda beriladigan, qo‘shimcha dam olish uchun va h.k.
  • «Pensiya to‘g‘risida»gi qonunga ko'ra kimlar pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan?
    Yoshi 50 dan oshgan va 30 yil mehnat staji bo‘lgan davlat xizmatchilari
  • SSSR davrida Qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar qancha pensiya olganlar?
    pensiya olmagan.
  • Qaysi davlatda kamida 40 yil o'sha davlatda yashagan va qaysidir sohada belgilangan miqdorda mehnat qilgan fuqaro oyiga o‘rtacha 2 800 dollar pensiya oladi?
    Daniyada
  • Osiyo davlatlarida (masalan, Hindiston, Xitoyda) pensiya to‘lash tizimlari boshqa qit'alarnikidan nimasi bilan farqlanadi?
    davlat xizmatida ishlab keksaygan, nogiron bo‘lgan va boquvchisini yo‘qotgan shaxslarga to‘lanadi. Oddiy fuqarolarga pensiya to‘lanmaydi.
  • Tarixda ilk pensiya qayerda va kim tomonidan to‘langan?
    Rim imperiyasida Yuliy Sezar tomonidan
  • 2010 yil Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqida pensiya yoshini necha yosh etib belgilashni tavsiya berdi?
    ayollar va erkaklar uchun birday 70 yosh qilish haqida tavsiya berdi.
  • Ommaviy tarzda barchaga pensiya to‘lash tartibi ilk marotaba qayerda boshlangan?
    Germaniyada 1889 yildan boshlangan
  • «Pensiya to‘g‘risida» qonun qachon qabul qilingan (ilk martta)?
    1790 yil Buyuk fransuz revolyutsiyasi paytida
  • SSSR da qachon «Pensiya to‘lash tartibi to‘g‘risida» ilk qonun chiqqan?
    1930 yil
  • Ilk pensiyalar kimlarga to'langan?
    pensiya sug‘urtasini to‘lagan holda ishlab keksaygan, boquvchisini yo‘qotgan, ish jarayonida nogiron bo‘lganlarga to‘langan.
  • Yashil iqtisodiyot - ... ?
    ekologik xavflarni va ekologik tanqislikni kamaytirishga qaratilgan va atrof-muhitni buzmasdan barqaror rivojlanishni maqsad qilgan iqtisodiyot.
  • Nima sababdan ushbu yo'l “Buyuk Ipak yo’li” nomi bilan shuhrat qozongan?
    Bu yo’l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli